Tarixnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Tarixnoma” (تاریخنامه) yoki “Tarixi Balʼamiy” (تاریخ بلعمی) fors tilidagi eng qadimgi nasriy kitoblardan biri boʻlib, Somoniylar vaziri Muhammad Bal’amiy tarafidan yozilgan. X asrga oid ushbu asar umumbashariy tarixni yoritib, yaratilishdan to islomgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Turk va arab tillariga tarjima qilingan bu kitob ming yil davomida muomalada boʻlib, islom tarixi boʻyicha eng nufuzli kitoblardan hisoblanib kelgan. Muallif tarafidan uning Tabariy qalamiga mansub “Tarix ar-rusul val-muluk” asarining fors tiliga qilingan tarjimasi ekanligi ta’kidlansa-da, aslida u mustaqil asardir[1][2].

Asarning adabiy uslubi Sosoniylar imperiyasida yaratilgan avvalgi pahlaviy va oʻrta fors asarlarinikidan farq qiladi. “Tarixnoma” arabcha soʻzlardan foydalanilgan fors tarixnavislik anʼanasining boshlangʻich nuqtasi hisoblanadi[1].

Bal’amiy kitobni tarjima qilishni hijriy 352 (milodiy 963) yili boshlagan.

Kitobning turli qoʻlyozmalari bugungi kunda Eron, Hindiston, Turkiya va Yevropa kutubxonalarida mavjud, biroq ularning hech biri toʻliq va xatosiz emas. Bizgacha saqlanib qolgan eng qadimgi qoʻlyozma hijriy VII asrga (milodiy XIII asr) oid.

Kitob Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh amri bilan fors tiliga tarjima qilingan. Unda Sosoniylar davri Fors va Eronning afsonaviy tarixi haqida bebaho ma’lumotlar keltirilgan[3]. Umuman olganda, “Tarixnoma” Tabariy asarining qisqartirilgan varianti sifatida koʻriladi. Biroq, ingliz tarixchisi Endryu Pikokning ta’kidlashicha, Bal’amiy Tabariyning asarini sezilarli darajada oʻzgartirgan va ikki asar oʻrtasidagi farq shu darajadaki, u “Tarixnoma” mohiyatan yangi asar ekanligini koʻrsatadi[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shohnoma

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]