Kontent qismiga oʻtish

Encyclopaedia Islamica

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Encyclopaedia Islamica
Til ingliz tili
Nashriyot Brill
ISBN 9789004161214

Encyclopaedia Islamica – islomshunoslik va Eronshunoslik boʻyicha Brill tomonidan chop etilayotgan ensiklopediya boʻlib, u fors tilidagi Dā'erat-ol-Maʼāref-e Bozorg-e Eslāmi (forscha: دائرةالمعارف بزرگ اسلامی‎, „Buyuk Islom Ensiklopediyasi“)dan tanlab olingan maqolalarining 16 jildlik tarjimasidan iborat (loyiha hali ham davom etmoqda) va Ismoiliylar instituti bilan bogʻlangan olimlar tomonidan ingliz tilida yozilgan qoʻshimcha maqolalar bilan toʻldirilgan[1][2].

Ushbu fors tilidagi loyiha 1983-yildan beri Kazim Musaviy-Bojnurdiy rahbarligida olib borilmoqda. Oʻsha yili Tehronda Buyuk Islom ensiklopediyasi markazi tashkil etilib, ilmiy qoʻmitani shakllantirish orqali loyiha ustida ish boshlangan[3]. Loyihaning asosiy eʼtibori shia islomiga qaratilgan va u islom olamida katta qiziqish uygʻotgan. Bugungi kunda undan fors tilida soʻzlashuvchi koʻplab islomshunos olimlar qoʻllanmoqda[1][2][3] 2016-yil holatiga koʻra, ensiklopediya fors alifbosidagi toʻqqizinchi harfgacha yetgan va 22-jildi tugallangan.[4].

Brill nashriyotining Encyclopaedia Islamica muharrirlari – Farhad Daftariy va Wilferd Madelung. Loyiha 2008-yilda boshlangan boʻlib, 2028-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan[1][5]. U asosan ilmiy izlanish olib borayotgan magistratura va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, puxta hujjatlashtirishga urgʻu berilgan[2].

  1. 1,0 1,1 1,2 Mousa al-Reza Wahdati. Review of Encyclopaedia Islamica Volume 3 (Adab – al-Bāb al-Ḥādī ͑ashar) ed. by Farhad Daftary, Wilferd Madelung. Journal of Shi’a Islamic Studies. Volume 8, Number 1, Winter 2015. pp. 107–109.
  2. 2,0 2,1 2,2 Suzanne M. Estelle-Holmer. Review of Wilferd Madelung and Farhad Daftary, eds. Encyclopaedia Islamica (Wayback Machine saytida 2017-01-12 sanasida arxivlangan), Vol. 1: ‘Abaʼ- Abu Hanifa. Theological Librarianship. An Online Journal of the American Theological Library Association. Volume 2, Number 2 • December 2009. pp. 103–104.
  3. 3,0 3,1 Bauden, Frédéric. Review of Encyclopaedia Islamica, volume 1 (A-Abū Ḥanīfa), éd. Farhad Daftary et Wilferd Madelung. Moyen Age (Le). CXIX(2), pp. 465–466 (In French).
  4. „Dā'erat-ol-Ma'āref-e Bozorg-e Eslāmi“. www.cgie.org.ir.
  5. "Encyclopaedia Islamica vol.5 is published". Centre for the Great Islamic Encyclopaedia. 17 April 2016. Archived from the original on 2016-05-09. https://web.archive.org/web/20160509100053/http://global.cgie.org.ir/en/news/20180/Encyclopaedia-Islamica-vol-5-is-published-. <!--->