Tarapacá viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Kollaxuasi yaqinidagi manzara, Tarapaka.
Iquique
Chili shimolidagi asosiy diniy festival — Fiesta de La Tiranadagi raqqoslar

Tarapaka viloyati (ispancha: Región de Tarapacá) — Chilining 16 ta birinchi tartibli maʼmuriy boʻlinmalaridan biri. U ikkita provinsiyani, Iquique va Tamarugalni oʻz ichiga oladi. Shimolda Chili Arika va Parinakota mintaqasi, sharqdan esa Boliviyaning Oruro departamenti va Potosi departamenti, janubdan Chilining Antofagasta viloyati va gʻarbdan Tinch okeani bilan chegaradosh hisoblanadi. Iquique port shahri mintaqaning poytaxti hisoblanadi.

Viloyatning katta qismi bir vaqtlar Peruning Tarapaka provinsiyasiga qaragan boʻlib, u Tinch okeani urushi yakunida 1883-yilgi Ankon shartnomasiga binoan Chili tomonidan qoʻshib olingan. Sintetik nitrat ishlab chiqarish mumkin boʻlgunga qadar, mintaqa intensiv selitra qazib olish joyi sifatida iqtisodiy jihardan muhim hisoblanar edi. Viloyatda bir qancha qarovsiz va foydalanilmaydigan konchilik shaharchalarini hali ham topish mumkin2017|page=25|language=es|date=2003}}</ref> [1].

Hozirgi Tarapaka hududi 2007-yilda Arikada Prezident Mishel Bachelet tomonidan imzolangan 20,175-sonli qonunga muofiq avvalgi Tarapaka hududini boʻlinish yoʻli bilan yaratilgan Hozirda mintaqada investorlar tomonidan butkul islohotlar amalga oshirilinib kelinmoqda[2].

Maʼmuriyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqa hukumati prezident tomonidan tayinlangan intendantda istiqomat qiladi. Mintaqadagi ikkita viloyatning har biri kommunalarga boʻlingan.

Viloyat Poytaxt Kommuna Boshqa shaharlar
Iquique Iquique Iquique
Alto Hospicio
Tamarugal Pozo Almonte
Huara Pisagua
Camina
Colchane
Pika
Pozo Almonte Mamiña

Iqlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqada choʻl iqlimi hukmron hisoblanadi. Sohil yaqinida bulutlilik kun davomida harorat oʻzgarishini cheklashi mumkin, ammo boshqa quruq hududlarda harorat choʻllarga xos boʻlgani kabi juda farq qilishi mumkin. Chekka choʻl mintaqasini 3,000 metre (9,843 ft) masofadan ortiq dengiz sathidan yuqori joylarni topish mumkin, bu yerda yumshoqroq harorat va yoz yomgʻirlari koʻp uchraydi. [3]

Daryolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Isluga daryosi
  • Cariquima
  • Concosa (Altiplano)

Iqtisodiy faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Baliq ovlash
  • Turizm
  • Konchilik
    • Cerro Kolorado
    • Hamkorlik

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Taapaca“ (es) (PDF). sernageomin.cl. SERNAGEOMIN. 25-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-noyabr 2017-yil.
  2. Galland, Olivier; Cobbold, Peter R.; de Bremond d’Ars, Jean; Hallot, Erwan (1 June 2007). "Rise and emplacement of magma during horizontal shortening of the brittle crust: Insights from experimental modeling" (en). Journal of Geophysical Research: Solid Earth 112 (B6): B06402. doi:10.1029/2006JB004604. ISSN 2156-2202. https://hal-insu.archives-ouvertes.fr/insu-00155139/file/Galland_et_al-2007-Journal_of_Geophysical_Research__Solid_Earth_%281978-2012%29.pdf. 
  3. „Arica-Parinacota Region“ (9-mart 2010-yil). Qaraldi: 9-mart 2010-yil. „Arica-Parinacota Region“. 9 March 2010.