Taobao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taobao
Taobao logosi
Sayt turi Onlayn savdo platformasi
Muassisi Alibaba Group
Muallifi Yuanying Jin
URL taobao.com

Taobao – bu Xitoyning Alibaba kompaniyasiga tegishli onlayn savdo platformasi boʻlib, bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan. Alexa Internet reytingiga koʻra, u 2021-yilda dunyo boʻyicha eng koʻp tashrif buyurilgan sakkizinchi veb-saytdir[1]. Taobao.com web sahifasi 2003-yil 21-aprelda Alibaba Cloud Computing (Beijing) Co., Ltd tomonidan roʻyxatga olingan[2].

Platformada sotuvchilar tovarlarni oldindan belgilangan narx yoki auksion orqali sotish imkoniyatlariga egadirlar. Taobaodagi tovarlarning aksariyati auksion orqali emas, balki oldindan belgilangan narxda sotiladi. Marketpleys foydalanuvchilari tovarlarga qoldirilgan fikr-mulohazalarni oʻqish va bir nechta doʻkonlardagi tovarlarni solishtirish orqali sotib olish imkoniga egadirlar[3].


EBay Xitoyning oʻsha paytdagi onlayn auksion yetakchisi Eachnetni 180 million dollarga sotib oldi va mamlakatning elektron tijorat bozorida yetakchiga aylanib oldi[4]. EBay bilan raqobatlasha olish maqsadida, Taobao xaridor va sotuvchilar bir-birlari bilan oʻzaro qulay muloqot qilish imkonini beruvchi chat tizimi va escrowga asoslangan toʻlov tizimi Alipayni yaratdi. Taobao ikki yil ichida Xitoy elektron tijorat bozorida yetakchilikni eBaydan tortib oldi. Uning bozor ulushi 2003-yildan 2005-yilgacha boʻlgan davrda 8 foizdan 59 foizga oʻsdi, eBayniki esa 79 foizdan 36 foizga tushib ketdi va 2006-yilda Xitoy bozorini tark etdi[5].

2013-yil 29-aprelda Alibaba Sina Weiboʻga 586 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritganini eʼlon qildi[6]. 2013-yil 1-avgustda Alibaba Taobao uchun Weiboni ishga tushirdi, bu esa foydalanuvchilarga Sina Weibo akkauntlarini Taobao akkauntlari bilan bogʻlash imkonini berdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „taobao.com Site Overview“. Alexa Internet. 2009-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-fevral.
  2. „taobao.com - Taobao : 淘宝网(淘寶網)“. taobao.com.clearwebstats.com. 2019-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  3. Huang, Lan „Research and Application of Reinforcement Learning Recommendation Method for Taobao“,. 2021 IEEE Symposium on Computers and Communications (ISCC). Athens, Greece: IEEE, 2021-09-05 — 1–6 bet. DOI:10.1109/ISCC53001.2021.9631429. ISBN 978-1-6654-2744-9. 
  4. „"eBay China Rumors". Search Engine Journal. September 26, 2006.“ (2006-yil 27-sentyabr). 2011-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyul.
  5. „"China's pied piper". The Economist. September 21, 2006“. The Economist (2006-yil 21-sentyabr). 2012-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyul.
  6. „Alibaba pushes into social networking with Weibo investment“. Reuters. Reuters (2013-yil 29-aprel). 2013-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-oktyabr.