Tanja Karišik-Košarac

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanja Karišik-Košarac
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Bosniya va Gerzegovina bayrogʻi Bosniya va Gertsogovina
Tavallud sanasi 23-iyul 1991-yil (1991-07-23) (32 yosh)
Sarayevo, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi 168 sm
Vazni 55 kg
Turmush oʻrtogʻi Nemanja Košarac
Sport
Qaysi sport Biatlon
Klubi Romanija
Murabbiy(lar)i Tomislav Lopatich

Tanja Karišik-Košarac — Serbiyalik biatlonchi va changʻichi, Bosniya va Gersegovina sharafini himoya qiladi. 2010-yilda kross-biatlon boʻyicha IBU kubogida ishtirok etgan va ikkinchi oʻrinni egallagan. Uch marta olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanja Karišik-Košarac 1991-yil 23-iyulda tugʻilgan. Sportdan tashqari tashqari Tanja oʻqituvchilik bilan ham shugʻullanadi. Bosniya va ingliz tillarini biladi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda changʻi sporti bilan shugʻullana boshlagan. „Romanija“ changʻi klubi sharafini himoya qiladi. Murabbiyi — Tomislav Lopatich[1].

Biatlon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir nechta jahon chempionatlari va olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Natijalari unchalik yuqori boʻlmaydi. Koʻpincha jadvalning quyi qismidan oʻrin olgan. Karišik biatlon boʻyicha jahon kubogidagi ishtiroklarida 88-oʻrindan yuqoriga koʻtarila olmagan. 2010-yilda Vankuverda boʻlib oʻtgan olimpiadada Tanya sprintda 87-oʻrinni egallagan[1]. 2011-yilda Xanti-Mansiyskda boʻlib oʻtgan jahon chempionatining sprint bahslarida 100-oʻrinni, individual musobaqalarda 89-oʻrinni egallagan. 2012-yilda Ruhpoldingda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida sprint va individual bahslarda 109-oʻrinni egallagan. 2013-yilda Nove Mestodagi individual musobaqada 89-oʻrinni egallagan. Sprint bahslaridan diskvalifikatsiya qilingan (chetlatilgan)[1].

Sochi Olimpiadasining sprint bahslarida 75-oʻrinni egallagan va eng yaxshi 60 nafar sportchi qatoriga kirolmaganligi uchun final bosqichiga yoʻllanma ololmagan. Individual bahslarda ham qatnashgan. Lekin toʻrt yil oldin boʻlgani kabi marraga etib bora olmasdan ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunlagan[1].

Yozgi musobaqalarda esa muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2010-yilda Tanja Karišik-Košarac Slovakiyaning Brezno-Osrbli shahrida oʻtkazilgan kross-biatlon boʻyicha IBU kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan[2].

Faoliyatini 2009-yilda Bosniya va Gersegovinada 5 km masofaga o'tkazilgan musobaqadan soʻng yakunlagan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turmush oʻrtogʻi – Nemanja Košarac. U ham biatlonchi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Tanja Karisik-Kosarac“ (en). Pyeongchang 2018. 2018-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
  2. „Кросс-биатлон. Кубок IBU. Чешка Чорна и Мирослав Матяшко одержали победы в спринтах“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-mart.