Dmitriy Manjara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitriy Ivanovich Manjara
Tavalludi 28-oktabr (9-noyabr) 1885-yil
Belopolye shahri, Xarkov viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1938-yil
Тoshkent(?)
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Kasbi siyosatchi, harbiy xizmatchi
Mukofotlari

Dmitriy Ivanovich Manjara (28-oktabr [9-noyabr] 1885 — 1938) — Turkistondagi inqilobiy harakat ishtirokchisi. 1919-yil yanvarida Toshkentda „Osipov qoʻzgʻoloni“ni bostirish uchun jalb etilgan boshliqlardan biri. Oʻzbekiston sovet va partiya yetakchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dmitriy Ivanovich Manjara 1885-yil 20-oktabrda (9-noyabr) Xerson viloyati, Belopolye shahrida temiryoʻlchi oilasida tugʻilgan.

Manjara shahar maktabining bir sinfini tamomlagan. U Rossiyaning janubidagi turli korxonalarda chilangar yordamchisi, keyinchalik chilangar boʻlib ishlagan. Belopolye shahri sotsial-demokratik doiralari ishida faol qatnashgan. 1909-yildan Dmitriy Ivanovich Manjara Toshkent bosh temir yoʻl ustaxonalarida mexanik boʻlib ishlay boshlagan va sotsial-demokratik doirada noqonuniy targʻibot ishlarini olib borgan. Inqilobiy targʻibot uchun Manjara hibsga olingan va Irkutsk viloyatiga surgun qilingan.

1917-yilda D.I.Manjara Butunittifoq kommunistik partiyasi (bolsheviklar) aʼzoligiga qabul qilingan va Borodino ustaxonalari „Ishchilar uyushmasi“ raisligi Toshkent kengashi aʼzosi etib saylangan. 1917-yil sentabrda Toshkent temiryoʻlchilarining ish tashlash harakati yetakchilaridan biri boʻlgan. 1917-yil oktabrda Toshkentdagi qurolli qoʻzgʻolon paytida D.I.Manjara qizil gvardiya otryadi tarkibida Toshkent koʻchalaridagi janglarida qatnashgan.

1918-yildan D.I.Manjara Toshkentdagi temiryoʻlchilar kasaba uyushmasi tuman qoʻmitasi raisi, Turkiston Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi, Turkiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi aʼzosi va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

1918-yilda Dmitriy Ivanovich Manjara Aqtoʻbe frontida jang qilgan „kommunistik rota“ komissari boʻlgan.

1919-yil yanvarda Toshkentda „Osipov qoʻzgʻoloni“ni bostirishda faol qatnashganlardan biri. 1919-yil yanvardan D. I. Manjara Turkiston ASSR Muvaqqat Inqilobiy Harbiy Soveti raisining oʻrinbosari, Turkiston Kompartiyasining Toshkentdagi 3-temiryoʻl okrugi komiteti kotibi boʻlib ishlagan.

1922-yildan Turkiston Kompartiyasi MK 2-kotibi, Butunittifoq Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi Turkiston byurosi kotibi, Turkiston RNOS (randomize nazorat ostida sinov) xalq komissari.

1924-yildan boshlab SSSR RNOS Oʻrta Osiyo boʻyicha Xalq Komissarligi tomonidan berilgan vakolatga koʻra D. I. Manjara Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasining Markaziy nazorat komissiyasi vakili. 1930—1934-yillarda SSSR RNOS Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarligi Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy nazorat komissiyasi vakili.

1933—1937-yillarda Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.

1934-yil 13-martdan 26-sentabrgacha D.I.Manjara Oʻzbekiston SSSR inqilob jangchilariga yordam koʻrsatish xalqaro tashkiloti Markaziy qoʻmitasi raisi boʻlgan.

1934-yil 22-martdan D. I. Manjara „Sovet qurilishi va huquqi“ jurnalida mas’ul muharrir boʻlib ishlagan. 1934-yil 28-apreldan Oʻzbekiston SSRning 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish markaziy yubiley komissiyasi raisining oʻrinbosari. 1934-yil 11-oktabrdan Oʻzbekiston SSR Markaziy saylov komissiyasining raisi boʻlib ishlagan.

1937-yilda D.I.Manjara Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining OʻzSSR boʻyicha partiya nazorati komissiyasi aʼzosi

1937-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisining oʻrinbosari etib saylangan.

1924—1934-yillarda BKP Markaziy nazorat komissiyasi aʼzosi, 1925—1927-yillarda Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy nazorat komissiyasi Prezidiumi aʼzoligiga nomzod boʻlgan.

D.I.Manjara BKP (b) 13, 14, 15, 16 va 17-s’ezdlari delegati boʻlgan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti aʼzoligiga saylangan.

1937-yil 5-sentabrda Oʻzbekiston Kompartiyasi MK Ijroiya byurosi „Manjara Dmitriy Ivanovichni xalq dushmani sifatida partiya, plenum va MK byurosi saflaridan chiqarish hamda Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi oʻrinbosarligidan ozod etish toʻgʻrisida“ qaror qabul qilgan.

1938-yil 28 martda D.I.Manjara SSSR Ichki ishlar xalq komissarligi tomonidan taqdim etilgan Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi[1] Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzolari tomonidan tasdiqlangan va 1-toifa boʻyicha jazoga tavsiya etilgan shaxslar roʻyxatida 66-oʻrinda qayd etilgan[2].

Adabiy ijod namunalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

D.I.Manjara „1905—1920-yillarda Oʻrta Osiyoda inqilobiy harakatlar“, „Sovetlar hokimiyati uchun kurash“ kabi qator kitoblar va ilmiy-tarixiy tadqiqotlar muallifi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

D.I.Manjara uylangan[3] va Toshkentda yashagan Nikolay ismli oʻgʻil farzandi boʻlgan[4].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

D.I.Manjara Qizil Bayroq, Mehnat Qizil Bayroq ordenlari, Turkiston fronti Inqilobiy Harbiy Sovetining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Stalinim, Molotovim, Kaganovichem, Jdanovim, Voroshilovim
  2. To est k rasstrelu
  3. Yego jenu zvali Yelena.
  4. Yego sin Nikolay, bil izvestnim vrataryom tashkentskoy futbolnoy komandi „Piщevik“, uchastnikom Velikoy otechestvennoy voyni. I v Tashkente jil na ulitse Dmitriya Manjari. O ego sudbe tashkentskim jurnalistom Yefremom Ryabovim 24 yanvarya 1990 goda bila opublikovana statya „Ulitsa rodnaya“ v gazete „Uchitel Uzbekistana“

Adabiyot va maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]