Suyak toʻqimasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suyak toʻqimasi tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar tutadigan biriktiruvchi toʻqima boʻlib, suyak skeletining asosiy struktura komponenti hisoblanadi. U mexnik vazifalariga koʻra boshqa biriktiruvchi toʻqimalardan farq qiladi, yaʼni umurtqali hayvonlar (odam) skeletini tashkil etadi, gavda tuzilishini shakillantiradi, harakat funksiyalarini yuzaga chiqaradi (chunki ularga koʻndalang yoʻlli birikgan boʻladi). Kimyoviy-biologik jihatdan esa suyak toʻqimasi organizmda mineral moddalar almashinuvi balansini taʼminlab turadi. Uning hujayralararo moddalari tarkibida koʻp miqdorda kalsiy tuzlari va ftor elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzi 97 % suyak toʻqimada uchraydi. Tirik organizmning suyak toʻqimasida mineral elementlarning miqdori doim oʻzgarib turadi. Bunday oʻzgarishlarga, odatda, birinchidan, organizm yoshining ulgʻayib borishi, kundalik qabul qilinadigan ovqat tarkibi, ikkinchidan, nerv sistemasining ichki sekretsiya bezlarining unga koʻrsatadigan taʼsiri sabab boʻladi. Suyak toʻqimasi ham boshqa biriktiruvchi toʻqimalarga oʻxshab, asosan, suyak hujayralaridan va hujayralararo moddalardan tarkib topgan.[1]

Suyak toʻqimasining hujayralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suyak toʻqimasi hujayralari bajaradigan fiziologik vazifasi va morfologik tuzilishiga koʻra uch guruhga boʻlinadi: osteoblast, ostiotsit va ostioklast hujayralar. 1. Ostioblast hujayralar kam tabaqalangan bitta yadroli suyak hosil qiluvchi hujayra boʻlib, suyak toʻqimasi hujayralararo moddasi bilan asosiy modda uchun kerakli moddalarni sintez qilib beradi. Ostioblast hujayralar tabaqalangan suyak toʻqimasida, uning singan yoki tiklanayotgan joylarida koʻp uchraydi. Barcha skelet suyaklari ustini qoplab turuvchi suyak usti pardasi tarkibida doimo boʻladi. Shakli kubsimon yoki burchaksimon. Sitoplazmaning psrefirek qismida yumaloq yoki ovalsimon yadrosi boʻladi. Har bir hujayra yadrosida bitta yoki bir nechta yadrocha boʻladi. Elektron mikroskopda koʻrilganda tarkibidagi organoidlardan mitoxondriy endoplazmatik toʻr va Golji kompleksi yaxshi koʻrinib turadi. Bundan tashqari sitoplazma qismida koʻplab RNK va yuqori aktivlikka ega boʻlgan ishqoriy fosfataza uchraydi. Bular toʻqimada mineral tuzlar almashinuvida ishtirok etadi. Organizmning embrional rivojlanish davrida osteoblast hujayralar mezenxima hujayralaridan hosil boʻlib, soʻng embrion skeletining rivojlanishida aktiv ishtirok etadi. Shu bilan birga, toʻqimada sodir boʻladigan fiziologik va reforativ regeneratsiya jarayonlarini ham taʼminlaydi. 2. Ostiotsitlar yetilgan, yuqori darajada tabaqalangan, suyak toʻqimasining asosini tashkil etuvchi hujayralar jumlasidandir. Atrofi hujayralararo modda bilan oʻralgan. Har bir hujayra hujayralararo moddada hosil boʻlgan boʻshliqlarda joylashgan. Ostiotsitlar yassilangan yumaloq yoki ovalsimon shaklda boʻlib, atrofidan kanalchasimon bir nechta oʻsimta chiqargan yonma-yon joylashgan hujayra oʻsimtalari bir-biri bilan tutashgan boʻlib, toʻqimaga toʻrsimon shakl beradi.Hujayra oʻsimtalari hujayralararo moddada joylashgan boʻlib, shu yoʻl orqali toʻqimaning ichki qismiga oziq modda kiradi. Ishdan chiqqan yoki qarigan toʻqima kanalchalarida oziq moddalar koʻrinmaydi. Ostiotsitlar joylashgan boʻshliqlarning devoridagi hujayralararo modda tarkibida odatda tuzlar yigʻilmaydi. Eski adabiyotlarda togʻay hujayralarining kapsulasiga oʻxshatib, uni ham suyak hujayrasining kapsulasi deb atashgan va oʻziga xos mustahkam tuzilishga ega boʻlgan deb tushunishgan. Lekin elektron mikroskop yordamida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni koʻrsatdiki, haqiqatdan ham kapsulada mineral tuzlar yigʻindisi boʻlmas ekan. Shuning uchun ham kapsula mikroskop ostida yaltirab koʻrinadi. Ostiotsitning ochroq boʻylagan sitoplazmasi markazida, odatda bitta toʻq boʻyalgan yadro boʻladi. Organoidlardan mitoxondriy koʻp uchraydi. Golji kompleksi ham uncha rivojlanmagan. Ostiotsitlar toʻqima faoliyatida deyarli aktiv ishtirok etmaydigan, toʻqimada stabil holatda joylashgan hujayradir. Ayrim yosh Ostiotsitlar koʻpayish hususiyatiga ega. 3. Ostioklast hujayralar togʻay va suyak hujayralarini buzish xususiyatiga ega. Boshqa suyak hujayralaridan ancha yirik (50-90 nm) notoʻgʻri shaklda boʻlib, koʻp yadroli hujayralar qatoriga kiradi. Tarkibida 3-10 tagacha yadrosi boʻlishi mumkin. Hujayralararo moddaga tegib turgan tashqi membranasida sitoplazmatik oʻsimtalarga oʻxshash ingichka ichak epiteliysi mikrovorsinalarini eslatuvchi koʻp miqdordagi oʻsimtalarga ega. Oʻsimtalar ichida koʻp miqtorda lizosomalarga oʻxshash vakuolalar uchraydi. Ular hujayra membranasi orqali tashqariga, yaʼni hujayralararo moddaga chiqib, uni shiddat bilan eritadi. Shu yoʻl bilan ostioklast hujayralar toʻqimaning rivojlanishining oʻsishi va tiklanishini taʼminlaydi. Ostioklast hujayralar sitoplazmasining mrkazi asosan bazofil, yaʼni toʻq boʻyaladi, periferik qismlari oksifil, yaʼni ochroq boʻyaladi. Hujayra oʻsimtalarining ichidagi lizosomalarda gidrolitik fermentlar koʻp. Mitoxondriyalarning soni ham koʻp. Donali endoplazmatik toʻr donasiz endoplazmatik toʻrga nisbatan oz. Lizosoma bilan vakuolalar koʻp miqdorda boʻladi. Ostioklast hujayralarning hujayralararo moddasi bilan tutashgan joylarida mayda boʻshliqlar hosil boʻladi. Ostioklast hujayralar normal fiziologik holatda atrofdagi hujayralararo moddalarga karbonat angidrid chiqaradi, u yerda karbonat angidrid suv bilan birikib, karbonat kislota hosil qiladi:

CO2+H2O=H2CO3

Natijada kalsiy tuzlari erib, oraliq moddaning organik strukturasi buziladi. Koʻrinib turibdiki, ostioklast hujayralar suyak toʻqimasining embrional va postembrional rivojlanish davrida va regeneratsiya jarayonlarida oʻziga xos muhim vazifalarni bajaradi.[2]

Suyak toʻqimasining gistogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suyak toʻqimasi asosan ikki yoʻl bilan rivojlanadi. Birinchisida u organizmning embrional rivojlanishi davrida embrionning mezenxima toʻqimasi hujayralaridan hosil boʻlsa, ikkinchisida suyak toʻqimasi togʻay toʻqimasidan hosil boʻladi. Ikkala holda ham suyak toʻqimasining rivojlanishida mezenxima hujayralari birlamchi material boʻlib xizmat qiladi. Togʻay toʻqimasining oʻzi ham aslida boshlangich davrda mezenximadan kelib chiqadi. Suyak toʻqimasining asosiy moddasini suyak hujayralari ishlab chiqaradi.[1]

Suyak toʻqimasi matritsasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suyak toʻqimasining muhim qismi asosiy funksiyalarni bajaradigan hujayralararo matritsadir. U shartli ravishda organik va mineralllarga boʻlinadi. Suyakning noorganik mineral komponentlatri 70 % ni tashkil qiladi, qolganlari organic matritsa (20 %) va suv (10 %) bilan ifodalanadi. Suyakning organik matritsasi tarkibiga oqsillar va lipidlar kiradi. Organik matritsaning asosini (95 %) kollagenlar tashkil qiladi: u umumiy oqsilning 25 % ni tashkil qiladi va gʻayrioddiy aminokislota tarkibiga ega. Butun kollagen molekulasining uzunligi taxminan 300 nm ni tashkil etadi. Kollaegnning turlari koʻp boʻlib, suyakning choʻzilish kuchi 1-tur kollageni tomonidan taʼminlanadi, uning atrofida mineralizatsiya sodir boʻladi. Kollagen molekulasi toʻgʻri uchli spiral shaklda oʻralgan turli tipdagi uchta polipeptit zanjiridan iborat. Polipeptit zanjirlari — Gly-X-Y- xarakterli ketma- ketlikka ega boʻlgan tez-tez takrorlanadigan fragmentlardan qurilgan. Har uchinchi aminokislota qoldigʻi glitsindir. Prolin koʻpincha X pozitsiyada aniqlanadi, Y pozitsiyasini ham prolin, ham 4-gidroksiprolin egallashi mumkin. Kollagen molekulasida 3-gidroksiprolin va 5-gidroksilizin qoldiqlari ham mavjud. Kollagenning xarakterli xususiyati polipeptid zanjirida gidroksiamin kislotasi qoldiqlarining mavjudligidir. Prolin va lizin qoldiqlari polipeptid zanjiriga kirgandan soʻng gidroksillanadi. Prokollagen molekulasidagi prolin va lizin qoldiqlarining gidroksillanishi faol markazda temir atomlarini oʻz ichiga olgan prokollagen gidroksilazlar tomonidan katalizlanadi. Kollagen molekulasining uchlaridan biri lizin qoldiqlarining yon zanjirlari tomonidan hosil qilingan bogʻlar bilan oʻzaro bogʻlangan. Tananing qarrishi bilan bu bogʻlar soni ortadi.[3]

Suyak toʻqimasining mezinximadan rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suyak toʻqimasi organizmning embrionla rivojlanish davrida embrionning kam tabaqalangan mezenxima hujayralaridan paydo boʻladi. Datlab plastinkasimon suyaklarga nisbatan oddiy tuzilishga ega boʻlgan dagʻal suyak toʻqimasi paydo boʻladi soʻng, u asta sekin suyak plastinkasiga aylanadi. Bungacha mezenximaning suyak toʻqimasi hosil boʻladigan qismidagi hujayralar shiddat bilan boʻlinadi. Boʻlingan hujayralar bir-biridan uzoqlashib ketmay, qattiq birikma hosil qiladi. Shu bilan bir vaqtda, ular oraligʻida boshlangʻich hujayralararo modda ham yigʻila boshlaydi. Shu moddadan keyinchalik tabaqalanish jarayoni natijasida kollagen tolachalar hosil boʻlib, ularning zichlashib qattiqlashishi oqibatida suyak hosil boʻladi. Oraliq modda koʻpayishi hisobiga suyak hujayralari bir-biri bilan oʻsimtalari orqali tutashgan holda biroz uzoqlashadi. Soʻng asta — sekin asosiy modda tarkibida (ossimukoid) paydo boʻlib, toʻqima tolachalarini bir biriga zich yopishtiradi va qattiq modda shakillanadi. Shakillanmagan suyak toʻqimasining periferik qismidagi mezenxima hujayralaridan osteoblast hujayralari paydo boʻlib, shiddat bilan boʻlinadi. Mana shu boʻlinish natijasida hosil boʻlgan hujayralar suyak plastinkasining tashqi tomoniga joylasha boshlaydi. Bu hodisa embrional rivojlanish davrida suyak qavatlarini shakillantirib boradigan shiddatli jarayondir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]