Sitoplazma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sitoplazma (sito... va yun. plasma — shakllangan) — hujayraning yadro bilan plazmatik membrana oraligʻida joylashgan asosiy tarkibiy qismi (qarang Hujayra). S. kolloid sistema — gialoplazma, organoidlar va kiritmalardan tashkil topgan. S.dagi kolloid zarrachalar va boshqa tarkibiy qismlar doim harakatda boʻladi. Mikrofibrilla, mikronaychalar va boshqa tolasimon tuzilmalar hujayraning harakat-tayanch sistemasi hisoblanadigan sitoskeletni hosil qiladi. Hayvon hujayralari S.si organoidlari kam boʻlgan, plazmatik membranaga yaqin tashqi qismini ektoplazma, ichki, yadroga yaqin joylashgan organoidlarga boy qismini endoplazma deyiladi. Oʻsimlik hujayralari sitoplazmasi hayvon hujayralaridan maxsus organoidlar — plastidalar va yirik vakuolalarning boʻlishi bilan farq qiladi.