Suvayd ibn Amr al-Xotamiy
Qiyofa
Suvayd ibn Amr al-Xotamiy سُوَیْد بْن عَمْرو الخَثْعَمی | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni) |
Oʻlim sababi | Karbalo jangida shahid boʻlgan |
Karbalo, Iroq | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Husayn ibn Alining hamrohi |
Suvayd ibn Amr al-Xotamiy (arabcha: سُوَیْد بْن عَمْرو الخَثْعَمی) – Karbalo jangining oxirgi shahidlaridan.
Nasabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suvayd ibn Amr ibn Abu Mutaʼ al-Xotamiy Xas’am qabilasi zodagonlaridan boʻlgan. Taqvodor kishi, mohir va jasur jangchi sifatida tanilgan[1].
Ashuro kuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suvayd Husayn ibn Ali qoʻshinidan jang maydoniga borgan oxirgi odam edi[2]. U Yazid I ning qoʻshiniga qarshi ogʻir yaralanguniga qadar jang qilgan. Jarohat olgan Suvayd boshqa shahidlar orasida yiqilib, oʻsha yerda qoldirib ketilgan. Biroq jarohati bilan tashlab ketilgan Suvayd hali ham tirik edi. U katta kuch bilan oyoqqa turgan va shahid boʻlguniga qadar kurashda davom etgan. Bir qancha maʼlumotlarga koʻra, Suvaydni Urva ibn Batton at-Saʼlabiy va Zayd ibn Riqod al-Janbiylar oʻldirgan[3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammad b. Tahir al-Samawi al-Najafi. Ibsar al-ayn fi ansar al-Husayn, إبصار العین في أنصار الحسین. Najaf, Iraq: Haydariyya Printing House, 1923 — 169-bet.
- ↑ Muhammad ibn-Garir ibn Yazid al Tabari. Tarih-i Tabari : tarikh al-umam wa-al-muluk = History of the Prophets and Kings. Beirut: Dar-i Seveydan, 1968 — 446-bet.
- ↑ Muhammad ibn-Garir ibn Yazid al Tabari. Tarih-i Tabari : tarikh al-umam wa-al-muluk = History of the Prophets and Kings. Beirut: Dar-i Seveydan, 1968 — 442-bet.
- ↑ Aḥmad ibn Yaḥyá Balādhurī. Ansāb al-ashrāf. Yuṭlabu min F. Shatāynir, 1978 — 204-bet. ISBN 978-3515028509.