Kontent qismiga oʻtish

Suv uchun to'xtalish (sport)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suv uchun toʻxtalish- bu sport musobaqalarida (sport turnirlari yoki sport mashgʻulotlarida) ichimlik suvini ichish uchun joriy etilgan tanaffus va tanaffus qilish joyidir. Masalan: uzoq masofalarga yugurish (marafon), velosport va boshqa sport turlarida suvni ichish uchun toʻxtalishlardan foydalaniladi. Xuddi shunga oʻxshash, sportda suv tanaffusi tushunchasi mavjud. Suv tanaffusi- bir joyda oʻtkaziladigan baʼzi sport musobaqalarida suv ichish uchun joriy etilgan tanaffusdir.

Suv uchun toʻxtalish va tanaffus nisbatan yaqindagina majburiy qilindi. 1950-yillarga qadar „oʻgʻil bolalarni chidamliligini oshirish“ uchun suv tanaffuslarini cheklash amaliyoti mavjud edi (masalan, „Junction Boys“ ga qarang).

Suv uchun toʻxtalishlardan oʻzaro bogʻliq boʻlgan xavfli kasalliklar: gipertermiya, dehidratsiya va giponatremiya (qonda natriyning past darajasi)ga qarshi kurashish uchun foydalaniladi. Ichimlik suvi suvsizlanishga qarshi kurashadi, elektrolit eritmalarini qabul qilish (koʻpincha turli sport ichimliklari tarkibida boʻladi) giponatremiya va uning ogʻir shakli, suv intoksikatsiyasi bilan kurashadi.

Marafonlarda suv uchun toʻxtalish joylari odatda 2 mildan 5 kilometrgacha boʻlgan masofada joylashgan boʻlib, ular 8 dan 12 marotabagacha toʻxtalish uchun moʻljallangan. Har bir toʻxtalish joyiga 10 soniya vaqt sarflansa, jami toʻxtalish uchun 1-2 daqiqa qoʻshimcha vaqt yoʻqotishga olib keladi, ammo suvsizlanish tufayli chidamlilikni yoʻqotish koʻproq vaqt yoʻqolishiga olib keladi[1].

Giponatremiya dehidratsiya bilan taqqoslanganda, yaqinda aniqlangan xavf boʻlib, uni yengish uchun har bir toʻxtashda qancha suv ichish kerakligi haqida turli fikrlar bor. Baʼzi manbalarda chanqoqlik suvga boʻlgan ehtiyojning ishonchli koʻrsatkichi emas, deb aytilgan[2], boshqalarida esa, har qanday imkoniyatda haqiqiy ehtiyojsiz majburiy suv ichish giponatremiya xavfini oshiradi, deyilgan. „Agar siz oshqozoningizda chayqalishni eshitsangiz.. suv uchun toʻxtalish joylarini chetlab oʻtishingiz mumkin“ (Jeff Galloway)[3].

Sumo sport turida, agar jang uzoq davom etsa, hakam anʼanaviy ravishda „mizu-iri“ yoki „suv tanaffusi“ deb nomlangan toʻxtalishni joriy qiladi.

COVID-19 pandemiyasi davrida suv tanaffuslari vaqtincha joriy etildi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻplab jamoaviy sport turlari, masalan, futbol uyushmalari[4], gaeliya sportlari[5] va regbi uyushmasi[6] COVID-19 tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari doirasida oʻyinlarda suv tanaffuslarini joriy etdi. Tasodifiy toʻxtalishlar paytida oʻyinchilarga eng yaqin shishadan emas, balki oʻyin davomida muntazam ravishda oʻz shishasidan suv ichishga ruxsat berish virus tarqalishining oldini oldi.

  1. Scott M. Douglas, Peter D. Pfitzinger (2001) „Advanced Marathoning“, ISBN 0-7360-3431-5
  2. Lisa Gollin Evans (1997) „An Outdoor Family Guide to Acadia National Park“, ISBN 0-89886-528-X
  3. Jeff Galloway (2002) Galloway’s Book on Running, ISBN 0-936070-27-7, p.92
  4. Kemble. „Premier League water breaks explained: Why Newcastle game will stop midway through the half“. ChronicleLive (2020-yil 20-iyun).
  5. „Croke Park say water breaks to stay despite opposition“. Independent.ie (2021-yil 15-aprel).
  6. Sands. „New English Premiership rugby water break rules brought in“. Walesonline (2020-yil 14-avgust).