Susuzlug qishlogʻi yaqinida portlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Susuzlug qishlogʻi yaqinida portlash
Portlash vaqtida məhv olan "KamAZ" avtomobili.
Koordinatlar Susuzlug, Kalbajar, Ozarbayjon
Sana
4 iyun 2021 soat 11:00 atroflarida
Qurol tankka qarishi mina
Jarohat olganlar
4
Qurbonlar 3


Susuzlug qishlogʻi yaqinida portlash4 iyun 2021 yil kuni Ozarbayjonning Kalbajar tumani hududida joylashgan Susuzluq qishlogʻi yaqinida yuz bergan mina portlashi. Portlash natijasida Ozarbayjon televideniyesi operatori Siroj Abishov, Ozarbayjon Davlat axborot agentligi muxbiri Muharram Ibrohimov va Kalbajar tumani Ijroiya hokimiyati boshligʻining Susuzlugʻ qishlogʻi maʼmuriy-hududiy okrug boʻyicha vakili muovini Orif Aliyev halok boʻldi.[1] Bundan tashqari, 4 kishi turli tan jarohatlarini oldi.[2][3] Bu ikkinchi Qorabogʻ urushi davrida harbiy amaliyotlar hududida jurnalist oʻlimi bilan bogʻliq birinchi holat edi.[4]

Ozarbayjon tomoni Armanistonni hodisada aybdor deb topib, Qorabogʻda koʻmilgan minalar xaritasi Ozarbayjonga topshirilmasa, bunday fojiali holatlar takrorlanishini qoʻshimcha qildi. Ozarbayjon rasmiylari, shuningdek, Kalbajardagi minalarning ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan keyin qoʻshinlarni hududdan olib chiqish paytida arman harbiylari tomonidan koʻmilgan, degan fikrni ilgari surgandi. Armaniston bunga javob bermadi. Ozarbayjonda turli mamlakatlarning elchilari va elchixonalari, jumladan, „Human Rights Watch“, Yevropa Kengashi, YXHT va Xalqaro jurnalistlar Federatsiyasi voqea yuzasidan xavotir bildirib, jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.

Asos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalbajar tumani hududi 1993 yilda, birinchi Qorabogʻ urushi davrida Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan. Bosqinchilik natijasida tumanda yashovchi 60,000 nafar ozarbayjon va kurd qochqin boʻlgan[5] va 150 dan ortiq ozarbayjon garovga olingan.[6]

Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 2020-yil 27 sentabrda boshlangan ikkinchi Qorabogʻ urushi paytida Kalbajar tumaniida joylashgan strategik muhim Murovdag tepaligini ishgʻoldan ozod qilishi[7][8] 1992 yildan beri Ozarbayjon erishgan eng katta harbiy yutuqlaridan biri hisoblangan.[9] Kalbajar viloyati Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatishni taʼminlash boʻyicha uch tomonlama deklaratsiyaning bir qismi oʻlaroq 2020-yil 25 noyabrda Ozarbayjon nazoratiga qaytarildi.[9]

Qorabogʻ mojarosidan zarar koʻrgan hududlarni minalardan tozalash Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi ikkinchi Qorabogʻ urushidan keyingi asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Qorabogʻ dunyodagi eng koʻp minalashtirilgan hududlardan biri hisoblanadi.[10] ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan keyin Ozarbayjonda harbiy va tinch aholi minalarga duch kelgani haqida bir necha bor xabar tarqaldi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, uch tomonlama bayonot imzolanganidan beri Ozarbayjon tomonida bunday voqealar oqibatida 120 dan ortiq kishi halok boʻlgan yoki jarohatlangan.[11] Ozarbayjon tomoni Armanistondan minalar xaritasini talab qildi,[12] biroq Armaniston tomoni bu talabga ijobiy javob bermadi.[13][14] Ozarbayjon ikki marta Armanistonning Qorabogʻdagi minalashtirilgan hududlar xaritasini taqdim etishdan bosh tortgani yuzasidan inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudiga shikoyat bilan murojaat qilgan.[15] Ozarbayjon tomoni bunday fojiali voqealar yuz berish xavfi tegishli hujjatlar boʻlmasa doimo davom etishini taʼkidladi.[17] BMT xavfsizlik Kengashining yigʻilishida Ozarbayjonning BMTdagi doimiy vakili Yashar Aliyev mojaro davomida Ozarbayjonning bosib olingan hududlarining aksariyati, jumladan, qabristonlar, tarixiy joylar va boshqa fuqarolik obyektlari Armaniston tomonidan minalashtirilganini qayd etdi.[16] Qorabogʻni minalardan tozalash jarayoni yana 5-7 yil davom etishi taxmin qilinmoqda.[17]

Voqeadan avval ikki mamlakat oʻrtasidagi chegara boʻylab yuz bergan, Ozarbayjon va Armaniston askarlari ishtirok etgan bir qator voqealar Armanistondagi saylovlardan avval Rossiya vositachiligi bilan vaqtincha sulhga tazʼyiq yaratilgan.[18][19] May oxirida Ozarbayjon Kalbajar hududini minalashga urinayotgan 6 nafar arman askarini qoʻlga oldi. Armaniston rahbariyatining bildirishicha, uning kuchlari faqat oʻz mamlakati hududida chegara zonasining mudofaasini mustahkamlamoqda.[20]

Hodisa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon davlat axborot agentligi (AZERTAC) va Ozarbayjon televideniyesi (AzTV) xodimlari ikkinchi Qorabogʻ urushi natijasida Ozarbayjonning ishgʻldan ozod qilingan hududlarida tasvirga olish ishlarini olib borish uchun yuborilgan edi.[21] 2021-yil 4-iyunda, soat taxminan 11 da [22] Kalbajar tumani hududida joylashgan Susuzlug qishlogʻiga ketayotib, ular oʻtirgan Kamaz markasidagi yoʻlovchi mashinasi tankka qarshi minaga duch keldi.[23][24] Mina hududni armani ishgʻoli paytida koʻmilgan.[25]

Voqeadan bir kun oʻtib, tankka qarshi minaga duch kelgan avtomobilning minaga duch kelish oni video sifatida tarqatildi. 2 daqiqalik videoning dastlabki 26- soniyasida mashina minaga uchrab portlaydi. [26]

Jabrlanganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portlash natijasida 3 kishi halok boʻlgan, yana 4 kishi turli darajadagi ogʻirlikda jarohatlangan..[27]

  • Siraj Abyshov - Ozarbayjon televideniesi operatori.[28] 1989-yil 29-avgustda Ozarbayjon SSR Gubadli shahrida tugʻilgan Abyshov birinchi Qorabogʻ urushi davrida oilasi bilan uydan haydaldi va Sumgait shahrida yashay boshladi. U 2019-yilda AzTVda ish boshladi. Bir farzand koʻrgan Abyshov hodisa natijasida halok boʻlgan.[29] „Sud-tibbiy ekspertiza va patologik anatomiya“ uyushmasining Ganja shahar filialida oʻtkazilgan tekshiruvdan soʻng uning jasadi Bokuga olib ketildi.[30] Abyshov 5 iyun kuni Sumgait Shahidlar xiyoboniga dafn etildi.[31]
  • Muharram Ibrohimov (Alioʻgʻli) - Ozarbayjon Davlat axborot agentligi muxbiri. 1982 yil 16 aprelda SSSR respublikalaridan biri boʻlgan Armaniston SSRning Krasnoselo tumani Ardanish qishlogʻida tugʻilgan. 1989 yilda Ibrohimov Ozarbayjon SSR Banogʻatiy tumani Rasulzoda qishlogʻidagi 100-sonli oʻrta maktabning birinchi sinfiga borgan, 1999-yilda oʻrta maktabni tamomlab, oliy ijtimoiy-siyosiy kollejning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan va uni 2003 yilda tamomlagan. 2004 yil 15 iyulgacha Ozarbayjon Respublikasi ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlarida harbiy xizmatda boʻlgan. Shu yilning sentyabr oyida AZERTAJDA muxbir boʻlib ishlagan Ibrohimov 2007-yildan buyon u yerda yetakchi muxbir boʻlib ishlagan. U ikkinchi Qorabogʻ urushi davrida jang maydonida yangiliklarni yoritardi. Hodisa natijasida ikki farzandning otasi boʻlgan Ibragimov halok boʻlgan.[32] „Sud-tibbiy ekspertiza va patologik anatomiya“ uyushmasining Ganja shahar filialida oʻtkazilgan tekshiruvdan soʻng uning jasadi Bokuga olib ketildi.[30] Ibragimov 5 iyun kuni Absheron tumani Mushfiqobod qishlogʻidagi qabristonga, ota-onasi yoniga dafn etildi.[33]
  • Orif Ogʻalar oʻgʻli Aliyev - Kalbajar tumani Ijroiya hokimiyati boshligʻining Susuzlug qishlogʻi maʼmuriy-hududiy okrugi boʻyicha vakili muovini. 1983-yilda Susuzlug qishlogʻida tugʻilgan Aliev birinchi Qorabogʻ urushida qochin boʻlib, Goʻygoʻl tumanidagi Xasabogʻ qishlogʻiga joylashadi. U 2012-yildan beri shu lavozimda shlar edi. Uch farzandi bor Aliev hodisa oqibatida halok boʻlgan. 2021-yil 5 iyunda uning jasadi Goʻygol tumanidagi uyiga olib ketildi[34][35] va u yerdagi Kalbajar Shahidlar xiyoboniga dafn etildi.[36]
  • Emin Mamadov - Ozarbayjon televideniyesi rejissori. U hodisada jarohatlangan.[37] Emin Mamadov AzTV „Asosiy masal“" koʻrsatuvi bilan aloqaga chiqqan va ahvoli barqaror ekanini aytib oʻtgan.[38] U ertasi kuni shifoxonadan chiqarilgan.[39]
  • Shuhrat Jafarov-Kalbajar tumani Ijroiya qo'mitasining Yanshagr qishloq maʼmuriy okrugidagi vakolatxonasi xodimi. Asli Kalbajardan boʻlgan Jafarov 13 yoshida uyidan judo boʻlgan. Hodisa natijasida jarohatlangan. [40]
  • Komil Abdullayev - Susuzlug qishloq maʼmuriy hududiy doirasi ijro hokimiyati vakili. Hodisa natijasida jarohatlangan. [41]


Boshqa uch shaxsning nomlari haligacha ochiq aytilmagan. Qurbonlarning biri avtobus haydovchisi, ikkinchisi esa qishloq aholisidan boʻlgan.[42]

Natija[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ommaviy axborot vositalari xabarlaridan soʻng darhol Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ozarbayjon Respublikasi ichki ishlar vazirligi voqeani tasdiqladi. Qoʻshimcha qilishlaricha, prokuratura va polisiya xodimlari voqea joyini koʻzdan kechirib, sud-tibbiy ekspertizasini tayinlagan va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirgan. Ozarbayjon Respublikasi harbiy prokuraturasi tomonidan 100.2 (agressiv urushni rejalashtirish, tayyorlash, uchirish yoki olib borish), 116.0.6 (qurolli mojaro paytida xalqaro gumanitar qonunni buzish) va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari boʻyicha ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.[43] Hozirda hodisaga boqʼliq jadal tergov-tezkor harakatlar olib borilmoqda.[44]

Voqeadan soʻng „Tigran Mets“ maxsus harbiy oʻquv markazining taʼsis direktori, Armaniston Qurolli kuchlari podpolkovnigi Koryun Gumashyan arman matbuotiga bergan intervyusida Lochin va Kalbajar tumanlarida 17 ta yuk mashinasi toʻla mina joylashtirilganini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Ozarbayjon minalashtirilgan hududlar xaritalarini „Ozarbayjonda arman mahbuslari“ evaziga taqdim etishga tayyor.[45][46][47] 8 iyunda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining razvedkachi va qoʻporuvchi guruhi lachin tumanida minalarni joylashtirish uchun chegarani kesib tgani, natijada guruhning bir aʼzosi Artur Kartanyan Ozarbayjon harbiylari tomonidan qoʻlga olingani va guruhning boshqa aʼzolari orqaga chekinib, hududni tark etgani haqida bayonot berdi.[48] Armaniston Mudofaa vazirligi minalarni joylashtirish haqidagi iddaolarni rad etdi, qoʻlga olingan askar tumanli ob-havo tufayli yoʻlini yoʻqotgan, deya maʼlum qildi.[49] Ozarbayjon tomoni ertasi kuni Kartanyanni ozod qildi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, taxmin qilingan provokatsiyaga urinish iddaosi tasdiqlanmagan va askar tasodifan chegarani kesib oʻtib, tuman ichida yoʻlini yoʻqotgan.[50]

Hodisada halok bo'lganlar xotirasi Ozarbayjon televideniyesi binosi yaqinida yod etildi.[51] Ibrohimov va Abyshov nomlari 9 iyun kuni Ozarbayjon teleradioeshittirish YOAJ hududida ularning xotirasiga yaratilgan yodgorlik majmuasining memorial lavhasiga o'yib yozildi.[52]

Voqea sodir boʻlgan kuni Ozarbayjon Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot kotibi Fozil Tolibovning aytishicha, marhum Muharram Ibrohimov, Siroj Abyshov va Orif Alievlarga shahid maqomi beriladi.[53]

Reaksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Voqeani birinchilardan boʻlib tasdiqlagan AzTV raisi Ravshan Mamadov Facebook sahifasida voqeani „armani vandalizmi va dushman tomonidan tinch aholiga qarshi sodir etilgan jinoyatlarning yana bir namunasi“ deb atadi va halok boʻlgan ikkala jurnalistning oilalariga taʼziya bildirdi.[54] Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi[55] Ozarbayjon Respublikasi birinchi vitse-Prezidenti Mehribon Aliyeva voqeadan chuqur afsusda ekanligini bildirdi, „begunoh odamlarning oʻlimi uchun butun masʼuliyat Armanistonning harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasiga tushadi“ deya qayd etdi[56] Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi - Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti maʼmuriyatining tashqi siyosat boʻlimi boshligʻi Hikmat Hojiyev xalqaro tashkilotlarni hamjihatlik koʻrsatishga va bu voqeani qoralashga chaqirib, jurnalistlar „Kalbajardan chiqishda arman qoʻshinlari tomonidan ataylab koʻmilgan mina qurbonlari“ ekanini taʼkidladi.[57]

Ozarbayjon rasmiylari Kalbajardagi minalarni ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan keyin qoʻshinlarni hududdan olib chiqish paytida arman harbiylari tomonidan koʻmilganini ilgari surmoqdalar.[58] Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Leyla Abdullayeva,[59] Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov,[60] respublika Media taraqqiyot agentligi (MTA) [61] mina portlashi natijasida halok boʻlgan jurnalistlarning oilalariga taʼziya bildirdi. Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi Armanistonni minalardan foydalanib, Jeneva Konvensiyalarini buzganlikda ayblamoqda.[62] Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Anar Kerimov „UNESCO inson hayotini saqlab qolish uchun minalar xaritasini talab qilishi kerak“ dedi.[63] Ozarbayjon Respublikasi adliya vaziri Fikret Mamadov YEXHT Minsk guruhiining hamraisi va boshqa barcha aʼzo davlatlar adliya vazirlari, BMT va Yevropa Kengashining inson huquqlari boʻyicha mansabdor shaxslariga, Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi prezidentiga murojaatlarni yoʻlladi.[64] Ozarbayjon Respublikasi inson huquqlari boʻyicha komissari Sabina Aliyeva Ibrohimov va Abishovning oilalarida boʻlib, qurbon boʻllanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.[65] Ozarbayjon jurnalistlar Ittifoqi rahbari Elchin Shixli Armanistonni „xalqaro huquqni buzganlikda“ aybladi va minalar Kalbajarga shoshilinch koʻmilganini taʼkidladi.[66] Nizomiy Ganjaviy xalqaro Markazi OAV mutaxassislariga qilingan hujumlarni qoralab, ikki tomonni ham "bunday amaliyotlarga chek qoʻyish"ga chaqirdi.[67]

Hodisada halok boʻlganlar xotirasi Ozarbayjon televideniyesi binosi yonida yod etildi.[60] Ozarbayjon Respublikasi Oila, ayollar va bolalar masalalari Davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan bayonotda, bu voqea natijasida, uch oilaning kichik yoshdagi bolalari yetim goldi, deb qayd etildi, arman Qurolli kuchlarining „shafqatsiz va tajovuzkor munosabati shu kungacha davom etmoqda, odamlar hayoti va salomatligi jiddiy tahdid ostida, umuman inson huquqlariga zid“ ekanligi qoʻshib qoʻyildi.[68]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Zakary Gros,[69] Ozarbayjondagi Italiya elchixonasi,[70] Isroilning Ozarbayjondagi elchisi Jorj Dik,[71]] Rossiyaning Ozarbayjondagi elchixonasi,[72] Ozarbayjondagi Eron elchixonasi,[73] Ozarbayjondagi Gruziya elchixonasi,[74] Ozarbayjondagi Turkiya elchixonasi,[75] va Ozarbayjondagi Ukraina elchixonasi ikki jurnalistning oʻlimiga taʼziya bildirdi. Turkiyaning „Haber Global“kanali voqeaga koʻra Armanistonni qoraladi.[76]

„Human Rights Watch“ Tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori muovini Georgi Gogiyaning aytishicha, voqea xavotirli, ayniqsa, agar minalar "yangi koʻmilgan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri tinch aholiga qaratilgan" boʻlsa.[77] Yevropa Kengashining inson huquqlari boʻyicha komissari Dunya Mijatovich "minalar mojarosidan zarar koʻrgan hududlarni zudlik bilan tozalash" zarurligini aytib oʻtdi.[78] YeXHTning ommaviy axborot vositalari ozodligi boʻyicha vakili Tereza Ribeyro voqea yuzasidan chuqur xavotir bildirdi.[79] Xalqaro jurnalistlar Federatsiyasi Bosh kotibi Entoni Bellanker va Yevropa jurnalistlar Federatsiyasi Bosh kotibi Rikardo Guterres jabrlanganlar va ularning oilalariga hamdardlik bildirdi, Armaniston hokimiyatini minalashtirilgan hududlar xaritalarini topshirishga chaqirdi.[80] Xalqaro matbuot instituti ikki jurnalistning oʻlimidan „chuqur qaygʻuda“ ekanligini ma]lum qilgan.[81] Mudofaa Komitetining Yevropa va Markaziy Osiyo dasturi muvofiqlashtiruvchisi Gulnuza Said Ibrohimov va Abyshov „oʻlimlarini nokerak fojia“ deb atadi. Said arman rasmiylarini „boshqa jurnalistlar mojaro qurboniga aylanmasligi uchun xaritalarini matbuot bilan boʻlishishga chaqirdi“.[82] Minalarni taqiqlash boʻyicha Xalqaro Kampaniya voqea haqida oʻz Twitterida eʼlon qildi, chegara bilmas muxbirlar esa har ikki mamlakatni jurnalistlarni himoya qilishga chaqirdi.[83] Global jurnalistika Kengashi voqea haqidagi bayonotida uni „dunyodagi barcha jurnalistlarga qarshi terror“ deb atadi.[84] Rossiya jurnalistlar Ittifoqi ikki jurnalistning oʻlimi munosabati bilan taʼziya bildirdi.[85]

Ukrainaning Oliy Radasi deputatlari Lyudmila Marchenko va Marian Zablotskiy Armanistondan minalashtirilgan hududlar xaritasini taqdim etishni talab qilishdi.[86] Fransiya senatori va Nizomiy Ganjaviy xalqaro markazi aʼzosi Natali Gule Ibrohimov va Abyshovning oilalariga hamdardlik bildirdi, U Armanistondan mina xaritalarini topshirishni talab qildi.[87] Fransiya Milliy Assambleyasi deputati Frederik Dumas Fransiya va xalqaro hamjamiyatni "Armanistondan minalashtirilgan hududlar xaritasini taqdim etishni talab qilishga" chaqirdi[88]. Moldova parlamentining milliy xavfsizlik va mudofaa komissiyasi rahbari Sergey Sirbu va parlamentdagi demokratik fraksiya rahbari Dumets Diajov Armanistondan minalar xaritasini talab qildi.[89] Rossiyalik jurnalist va harbiy ekspert, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik Kengashining sobiq raisi Igor Korotchenko ham voqeaga oʻz munosabatini bildirib, barcha, jumladan, Yevropa tashkilotlari, xalqaro jurnalistik tuzilmalarga murojaat qilish muhim ekanini taʼkidladi.[90]

Armaniston tomoni voqea yuzasidan hech qanday fikr bildirmadi.[91]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „В Азербайджане на мине подорвались два журналиста и чиновник“ (ru). BBC Russian Service (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  2. „Two Azeri journalists and an official killed in landmine blast near Karabakh - prosecutor“ (en). Reuters (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  3. „Two Azerbaijani journalists and one official die in landmine explosion in Kalbajar“ (en). OC Media (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  4. „Kəlbəcər rayonunda iki jurnalist minaya düşərək həlak olub (YENİLƏNİB)“. Turan İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). 2021-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 iyun 2021.
  5. Azerbaijan: Seven years of conflict in Nagorno-Karabakh. Nyu-York: Human Rights Watch, 1994 — 14 bet. ISBN 1-56432-142-8. „An estimated 60,000 individuals — equally divided among Kurds and Azeris — lived in Kelbajar province before the offensive." In the space of a week, 60,000 people were forced to flee their homes. Today all are displaced, and Kelbajar stands empty and looted.“ 
  6. „ARMENIANS CAPTURE KEY AZERBAIJANI TOWN“. washingtonpost.com. The Washington Post (23 aprel 1993). Qaraldi: 4 iyun s2021.
  7. „Müdafiə Nazirliyi: Murov zirvəsi azad olundu (yenilənir)“ (27 sentyabr 2020). 7 fevral 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 iyun 2021.
  8. Bashir, Turkan „Bakıda "Zəfər Paradı" keçirildi“. Amerikanın Səsi (10 dekabr 2020). 7 fevral 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 iyun 2021.
  9. „Münaqişənin həllində ən böyük ümid“. Azadlıq Radiosu. 7-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 iyun 2021.
  10. Tsukerman, İrina „Azerbaijan won war with Armenia, but confronts deadly foe in left-behind landmines“ (en). The Tribune (2 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  11. {{Veb manbasi}} andozasining barcha parametrlari oʻz nomiga ega boʻlishi zarur. „Генпрокуратура Азербайджана сообщила о третьем погибшем при подрыве на мине в Карабахе“ (ru). SİTA (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  12. „أذربيجان: مقتل صحفيين اثنين إثر انفجار لغم.. ومطالب لأرمينيا بتسليم خرائط“ (ar). Əl Mısr Əl Yom (6 iyun 2021). 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 iyun 2021.
  13. „Avropalı komissardan əsirlər, mina xəritəsi çağırışı“. Azadlıq Radiosu (2021-yil 20-may). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  14. „دوخبرنگار آذری بر اثر انفجار مین در قره باغ جان باختند“ (fa). İslam Respublikası Xəbər Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  15. „Азербайджанские журналисты подорвались на мине в Кельбаджаре, трое погибли“ (uk). Podrobnosti (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  16. „Four people including two journalists killed in mine explosion in Azerbaijan“ (en). JAMNews (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  17. „В Азербайджані авто з журналістами підірвалося на міні, є загиблі“ (uk). Ukinform (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  18. Quliyev, Emil „Azerbaijani Reporters, Official Killed In Mine Blast“ (en). Barrons (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  19. „Két azeri újságíró meghalt, mikor aknára futottak + videó“ (hy). Magyar Nemzet (4 iyun 2021). Qaraldi: 6 iyun 2021.
  20. „Mine Kills Two Azerbaijani Journalists, Village Official In Areas Recaptured From Armenian Forces“ (en). Azadlıq Radiosu (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  21. „Two Azerbaijani journalists killed in landmine blast near Karabakh“ (en). Herald Sun (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  22. „Freedomroo – Azerbaijani journalists, official killed in landmine explosion“ (en). news.com.au (4 iyun 2021). 2021-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 iyun 2021.
  23. „Azərbaycanın iki media işçisi minaya düşərək həlak olub, üç nəfər yaralanıb - VİDEO“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  24. „Baş Prokurorluq və DİN media nümayəndələrinin Kəlbəcər rayonunda minaya düşərək həlak olmaları ilə bağlı birgə məlumat yayıb“. Azərbaycan Dövlət İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  25. „Armenian mine kills 2 Azerbaijani journalists in Karabakh“ (en). Australian News Review (4 iyun 2021). 2021-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 iyun 2021.
  26. „Kəlbəcərdə jurnalistlərin minaya düşmə anı - VİDEO“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  27. „Kəlbəcərdə azərbaycanlı jurnalistlər minaya düşərək həyatlarını itirdilər“. TRT Azərbaycan (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  28. „AzTV və Azərtac-ın əməkdaşları Kəlbəcərdə həlak oldular - Video“. Axar.az (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  29. „Minaya düşən operator: "Cəbrayılda çəkiliş aparanda hisslərimə hakim ola bilmədim" - VİDEO“. Modern.az (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  30. 30,0 30,1 „Kəlbəcərdə həlak olan jurnalistlərin nəşi Gəncəyə gətirilib – YENİLƏNİB + FOTO“. Oxu.az (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  31. Qərib, Səid. „Kəlbəcərdə şəhid olan operator dəfn edilib - YENİLƏNİB“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  32. „Məhərrəmin böyük planları, arzuları vardı...“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  33. Qərib, Səid „Şəhid jurnalist Məhərrəm İbrahimov torpağa tapşırılıb - YENİLƏNİB-2“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  34. Süleymanlı, Sami „Kəlbəcərdə minaya düşərək şəhid olan vəzifəli şəxs sabah dəfn ediləcək“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  35. „Media işçilərinin nəşi müayinə üçün Gəncəyə aparıldı - FOTO“. Baku.WS (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  36. „Kəlbəcərdə minaya düşərək həlak olan məmur dəfn olunub - YENİLƏNİB“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  37. „В Нагорном Карабахе от подрыва на мине погибли два журналиста“ (ru). RBK Ukrayna (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  38. Qərib, Səid. „Kəlbəcərdə minaya düşərək xəsarət alanlardan ikisinin vəziyyəti açıqlanıb - VİDEO“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  39. İbadlı, Tural. „Mina partlayışında yaralanan AzTV əməkdaşı xəstəxanadan evə buraxılıb - VİDEO“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  40. Süleymanlı, Sami „Kəlbəcərdə minaya düşən şəxs: "Elə bildim ayaqlarım yoxdur" - VİDEO“. Report İnformasiya Agentliyi (11 iyun 2021). Qaraldi: 13 iyun 2021.
  41. Süleymanlı, Sami „Kəlbəcərdə jurnalistlərlə birlikdə minaya düşən məmur hadisədən danışdı“. Report İnformasiya Agentliyi (12 iyun 2021). Qaraldi: 13 iyun 2021.
  42. {{Veb manbasi}} andozasining barcha parametrlari oʻz nomiga ega boʻlishi zarur. „Kəlbəcərdə AzTV-nin rejissoru, avtobusun sürücüsü və bir kənd sakini də yaralanıb“. Day.az (4 iyun 2021). Qaraldi: iyun 2021.
  43. „В Карабахе погибли двое азербайджанских журналистов, подорвавшись на мине“ (ru). RİA Novosti (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  44. {{Veb manbasi}} andozasining barcha parametrlari oʻz nomiga ega boʻlishi zarur. „Глава МИД Азербайджана призвал Армению передать карты минных полей в Карабахе“ (ru). SİTA (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  45. „A certain Koryun Gumashyan offers Azerbaijan maps of minefields in exchange for prisoners of war“. Turan İnformasiya Agentliyi (7 iyun 2021). 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 iyun 2021.
  46. „ՏԵՍԱՆՅՈՒԹ. Հայ գնդապետը պատրաստ է բոլոր գերիների դիմաց Ադրբեջանին տրամադրել ականապատ դաշտերի քարտեզները“ (hy). Aurora News (7 iyun 2021). Qaraldi: 8 iyun 2021.
  47. „Ադրբեջանի գլխավոր դատախազությունը հերքում է «հայ դիվերսանտների» վարկածը“ (hy). 365 (7 iyun 2021). 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 iyun 2021.
  48. „MN: Laçın istiqamətində düşmənin diversiya qrupunun bir üzvü saxlanılıb - VİDEO - YENİLƏNİB“. Azeri Press Agency (8 iyun 2021). Qaraldi: 8 iyun 2021.
  49. „Պայմանագրային զինծայառողը մառախուղի պատճառով հայտնվել է Ադրբեջանի ԶՈւ վերահսկողության տակ գտնվող տարածքում. ՊՆ“ (hy). News.am (8 iyun 2021). Qaraldi: 8 iyun 2021.
  50. „Azerbaijan detains and later releases another Armenian soldier for crossing the border“ (en). JAM News (8 iyun 2021). Qaraldi: 8 iyun 2021.
  51. „Kəlbəcərdə minaya düşərək həlak olan jurnalistlərin anım mərasimi keçirilir (FOTO/VİDEO)“. Trend İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  52. „Şəhid jurnalistlərin xatirəsi əbədiləşdirildi - FOTO“. Oxu.az (9 iyun 2021). Qaraldi: 9 iyun 2021.
  53. „Kəlbəcərdə həlak olmuş media işçilərinə şəhid statusu veriləcək“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  54. „AzTV və "Azərtac"ın əməkdaşları Kəlbəcərdə minaya düşərək vəfat etdi“. Qafqazinfo (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  55. „İlham Əliyev və Mehriban Əliyeva media nümayəndələrinin həlak olması ilə bağlı başsağlığı verib“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  56. „Mehriban Əliyeva Kəlbəcərdə media işçilərinin minaya düşərək həlak olması ilə bağlı paylaşım edib“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  57. Əliyev, Emin „Prezidentin köməkçisi beynəlxalq təşkilatları Kəlbəcərdəki hadisəni pisləməyə çağırdı“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  58. „В Азербайджане на мине подорвались два журналиста“ (ru). Ggordonua (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  59. „Leyla Abdullayeva azərbaycanlı jurnalistlərin ölümü ilə bağlı başsağlığı verib“. Trend İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  60. „Ceyhun Bayramov Ermənistanı minalanmış ərazilərin xəritələrini verməyə çağırıb“. Trend İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  61. „MEDİA Kəlbəcərdə minaya düşərək şəhid olan jurnalistlərlə bağlı bəyanat yayıb“. Trend İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  62. „Land Mine Blast Kills 2 Azerbaijani Journalists“ (en). Big News Network (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  63. Əliyev, Emin „Anar Kərimov: "UNESCO Ermənistandan minaların xəritəsini tələb etməlidir"“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  64. Nazimqızı, Şəfiqə „Ədliyyə naziri Kəlbəcərdə şəhid olanlarla bağlı beynəlxalq təşkilatlara müraciət etdi“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  65. „Ombudsman Məhərrəm İbrahimovun və Sirac Abışovun ailələrini ziyarət edib“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  66. {{Veb manbasi}} andozasining barcha parametrlari oʻz nomiga ega boʻlishi zarur. „Azerbaijani journalists, official killed in landmine explosion“. Əl-Cəzirə (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  67. {{Veb manbasi}} andozasining barcha parametrlari oʻz nomiga ega boʻlishi zarur. „Nizami Gəncəvi Beynəlxalq Mərkəzi azərbaycanlı jurnalistlərin minaya düşərək həlak olmaları ilə bağlı bəyanat yayıb“. Day.az (6 iyun 2021). Qaraldi: 6 iyun 2021.
  68. Əliyev, Emin „Dövlət Komitəsi Kəlbəcərdəki hadisə ilə bağlı bəyanat yayıb“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  69. „Fransa səfiri Kəlbəcərdə həlak olan media işçiləri ilə bağlı başsağlığı verib“. Azərbaycan24 (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  70. „İtaliya səfirliyi Kəlbəcərdə media işçilərinin həlak olması ilə bağlı başsağlığı verib“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  71. Əliyev, Emin „İsrail səfiri Kəlbəcərdəki hadisə ilə bağlı başsağlığı verib“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  72. {{Veb manbasi}} andozasining barcha parametrlari oʻz nomiga ega boʻlishi zarur. „Посольство России в Азербайджане соболезнует родным подорвавшихся на мине в Карабахе“ (ru). SİTA (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  73. „İran Səfirliyi Azərbaycana başsağlığı verdi - FOTO“. Oxu.az (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  74. „Gürcüstan səfirliyi Kəlbəcərdə jurnalistlərin ölümü ilə əlaqədar başsağlığı verib“. Trend İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  75. „Türkiyə səfiri: "Minalarla bağlı məsələdə də Azərbaycana hər cür dəstək veririk"“. Azəri Press Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  76. Əliyev, Emin „Ukrayna səfirliyi: "KİV işçilərinin həlak olması barədə xəbər bizi son dərəcə sarsıtdı"“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  77. „Human Rights Watch: Landmines pose ongoing threat to civilians“ (en). Azeri Press Agency (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  78. Əliyev, Emin „Dunya Miyatoviç Azərbaycanın azad edilmiş ərazilərinin minalardan təmizlənməsi ilə bağlı çağırış edib“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  79. „UNESCO Director-General deplores the death of journalists Siraj Abishov and Maharram Ibrahimov“ (en). YUNESKO (7 iyun 2021). Qaraldi: 8 iyun 2021.
  80. „Azerbaijan: Two journalists killed in landmine explosion“ (en). Beynəlxalq Jurnalistlər Federasiyası (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  81. Beynəlxalq Mətbuat İnstitutu [@globalfreemedia]. „#Azerbaijan: IPI is deeply saddened to hear of the death of two journalists - @AZERTAC correspondent Maharram Ibrahimov & @aztvresmi operator Siraj Abyshev - who were killed this morning in a landmine explosion in Kalbajar region west of #NagornoKarabakh“ (en) (4 iyun 2021). 4 iyun 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 iyun 2021.
  82. „Landmine kills 2 Azerbaijani journalists near Nagorno-Karabakh“ (en). Jurnalistləri Müdafiə Komitəsi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  83. Minaların Qadağan Edilməsi üzrə Beynəlxalq Kampaniya [@minefreeworld]. „Terrible news of #civilian #mine casualties in #azerbaijan today, as deadly legacy of the #NagornoKarabakh conflict continues to claim lives. @AzerbaijanMFA #NotATarget @MineMonitor“ (en) (4 iyun 2021). 5 iyun 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 iyun 2021.
  84. „The Global Journalism Council has issued a statement regarding the deaths of two Azerbaijani journalists“ (en). The Global Journalism Council (4 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  85. „Союз журналистов России выразил соболезнования в связи с гибелью азербайджанских журналистов в Кельбаджарском районе“ (ru). Azeri Press Agency (6 iyun 2021). Qaraldi: 6 iyun 2021.
  86. Aslanov, Mübariz „Ukraynalı deputatlar Kəlbəcərdə şəhid olan media işçiləri ilə bağlı çağırış ediblər - EKSKLÜZİV“. Report İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  87. Tağıyev, Anar „Fransa senatoru Azərbaycanın media işçilərinin həlak olması ilə bağlı başsağlığı verib“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  88. „“Paris Ermənistandan mina xəritələrini tələb etməlidir” - Fransız deputat“. AzVision (6 iyun 2021). Qaraldi: 6 iyun 2021.
  89. Aslanov, Mübariz „Ukrayna və Moldovanın tanınmış KİV-ləri və siyasi xadimləri azərbaycanlı jurnalistlərin həlak olmasından yazdı“. Report İnformasiya Agentliyi (5 iyun 2021). Qaraldi: 5 iyun 2021.
  90. „Jurnalistlərin erməni siyasətinin qurbanı olması yalnız təəssüf doğurur - İqor Korotçenko“. Trend İnformasiya Agentliyi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.
  91. „Land Mine Blast Kills 2 Azerbaijani Journalists“ (en). Amerikanın səsi (4 iyun 2021). Qaraldi: 4 iyun 2021.