Sulaymoniya madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Sulaymoniya madrasasi
Madrasai Sulaymoniya
Manzil Qoʻqondagi Yuqori Haydarbek mahallasi
Loyiha mualliflari Sulaymonxon Shodibiy, Norboʻtabiy
Binokorlik ?—1763
Soʻngi imom {{{Imom}}}
Hujralar soni 12

Sulaymoniya madrasasi (Madrasai Sulaymoniya) — Qoʻqonning Yuqori Haydarbek mahallasida joylashgan madrasa. Barpo etish ishlari Qoʻqon xoni Sulaymon Shodibiy tomonidan boshlanib, Norboʻtabiy tomonidan 1763-yilda yakunlangan. Xon madrasasi turkumiga kirgan. Domla Pirmuhammad aʼlam Qulmuhammad oʻgʻli bosh mudarrislikka tayinlangan. Hujralar 12 ta, talabalar hamda mudarrislar mos ravishda 30 va 3 nafar boʻlgan. 1918-yilda „Qoʻqon voqeasi“ oqibatida buzilib ketgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammad Yahyoxon Xoʻqandiy. Хўқанди латиф маноқиби (oʻzbekcha), 2018-yil — 58 bet. ISBN 978-9943-1247-8-3.