Sulaymon Inoyatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulaymon Inoyatov
Tavalludi 12-mart 1938-yil (1938-03-12) (86 yosh)
Buxoro
Istiqomat joylari Buxoro
Samarqand
Toshkent
Navoiy
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi Tarix
Ish joylari Buxoro davlat universiteti
Navoiy davlat konchilik instituti
Mashhur ishlari „Buxoro tarixi“
„Karmana tarix ko‘zgusida“
„Qosim Shayx Azizon“
„Shayx Xudoydodi Vali-Karmana farzandi“
„Temur va temuriylar nazari tushgan diyor“
„Amir Temur Raboti Malikda“
„Temuriy sulton-Mirzo Ulug‘bek Buxoroda“
Mukofotlari Doʻstlik ordeni

Sulaymon Inoyatov (1938-yil 12-mart; Buxoro, Oʻzbekiston SSR) — Buxoro davlat universitetining professori, tarix fanlari doktori va O‘zbekiston Respublikasi Turon fanlar akademiyasi akademigi va Doʻstlik ordeni sohibi (2002)[1][2]. Sulaymon Inoyatov Otaulla Xo‘jayevning nevarasi, Fayzulla Xo‘jayevning esa jiyan nevarasidir[3].

Hayoti va ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inoyatov Sulaymon Inoyatovich 1938-yil 12-mart kuni Shexon qishlog‘ida Inoyatxo‘ja Atoullayev (18901987) va Supiya Inoyatova (19001983) oilasida tug‘ilgan. Oilaning kelib chiqishi Buxorodagi mashhur Xo‘jayevlar sulolasiga borib taqaladi.

Sulaymon Inoyatov 19561961-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. Sulaymon Inoyatov 19661969-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida aspirantura yoʻnalishida oʻqib, 1969-yil 9-oktyabrda Toshkent davlat universiteti tarix fakultetidagi Ilmiy kengashda tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlagan. Olim oʻz nomzodlik dissertatsiyasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida 1929—1934-yillari amalga oshirilgan kollektivlashtirish jarayonida partiya-sovet matbuotining o‘rnini tahlil qilib bergan. Shu bilan birga Sulaymon Inoyatov „Mehnatkorlarni baynalmilallik ruhida tarbiyalashda matbuotning o‘rni“ (Oʻrta Osiyo respublikalari misolida. 19611985) nomli ilmiy ishini yoqlagan.

Sulaymomn Inoyatov 19691982-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida dars berishdan tashqari dekan muovini va dekan lavozimlarida ishlab kelgan. 19821984-yillarda katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat koʻrsatish bilan birga doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlagan. 19841989-yillarda shu institutda kafedra mudiri, 19891992-yillarda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, 19921995-yillarda tarix fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1987-yil 7-dekabrida O‘rta Osiyo respublikalarida faoliyat koʻrsatgan matbuotning 19611985-yillardagi ahvoli to‘g‘risidagi doktorlik dissertatsiyasini Moskva davlat pedagogika universiteti huzuridagi Ixtisoslashtirilgan Ilmiy kengashda himoya qilgan[4]. Sulaymon Inoyatovning hozirga qadar nashr etilgan ilmiy maqolalar soni 360 ta boʻlib, olim, shuningdek, 10 ta monografiya, 15 dan ortiq darslik, 300 dan ortiq ilmiy maqola va dissertatsiya muallifi hamdir[5]. Olim uzoq yillar Buxoro davlat universitetida faoliyat olib borgan[6].

2023-yil 10-iyun kuni Sulaymon Inoyatovning 85 yillik yubiley tadbiri Buxoro davlat universitetida boʻlib oʻtgan[7].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulaymon Inoyatov Buxoroning qadimiy davrlardan bugunga qadar bo‘lgan tarixini ochib beruvchi „Buxoro tarixi“ hamda Karmananing ijtimoiy, madaniy, maʼnaviy tarixi jihatlarini yoritib beruvchi „Karmana tarix ko‘zgusida“, „Qosim Shayx Azizon“, „Shayx Xudoydodi Vali-Karmana farzandi“, „Temur va temuriylar nazari tushgan diyor“, „Amir Temur Raboti Malikda“ „Temuriy sulton-Mirzo Ulug‘bek Buxoroda“ kabi kitoblar muallifidir[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Тарихчи олим Сулаймон Иноятов таваллуди кенг нишонланди“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  2. „Сулаймон Иноятов – 85 ёшда“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  3. Sulaymon Inoyatov. BUXOROI ShARIF XOʻJALARI: USMON XOʻJA, OTAULLA XOʻJAYeV, FAYZULLA XOʻJAYeV AJDODLARI VA AVLODLARI ShAJARASI 146-bet
  4. „БУХОРО ВА БУХОРИЙЛАРНИНГ ЖАҲОНИЙ ШУҲРАТИ“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  5. „Иноятов Сулаймон Иноятович“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  6. „Ўтмишга назар журнали“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  7. YouTube logotipi Бухоролик тарихчи олим,тарих фанлари доктори, профессор Сулаймон Иноятов таваллудининг 85 йиллиги YouTubeda // Buxoro shahar hokimligi. 2023-yil
  8. „Сулаймон Иноятов – 85 ёшда“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.