Studia Linguarum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peñafortlik Raymond Studia Linguarumning birinchi maktablaridan biriga asos solgan.

Studia Linguarum (so'zma-so'z "Til institutlari") Rim-katolik cherkovining sharq tillarini o'rganishga birinchi harakati bo'lgan. [1] Sharq tillarini oʻrganish zarurati 1236 - [2] yilda Parijdagi Dominikan ordenining umumiy boʻlimi tomonidan tasdiq etilga. [1]

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studia Linguarumning birinchi maktabi Tunisda XIII asr boshlarida Penafortlik Raymond tomonidan tashkil qilingan hamda u yerda Studium arabicum deb ham nomlangan. [1] [2] Maʼlum bo'lganidek, 1250 - yilda Toledo provinsiyasi boʻlimi arab tilini oʻrganish maqsadida Tunis institutiga 8 ta rohib yuborgan, shular jumlasidan, mashhur arabshunos Ramon Marti . [2] XIII asrning ikkinchi yarmida maktab ba'zi talabalarga arab tilini o'rganishga ruxsat berdi. [2]

Bu institutlarning tashkil qiliniishining ko'rinarli ta'siri sifatida, ba'zi arab ilmiy asarlari, Murcia Studium'dan Friar Dominicus Marrochini tomonidan Ali Ibn Isoning Liber Oculorum oftalmologik asari (Jesu Xali) kabi Yevropa tillariga tarjima qilindi. [2]

1311 - yilda Vena kengashi Parij, Boloniya, Oksford, Salamanka va Rim universitetlarida sharq tillarini o'rganish maktablarini tashkil etishga qaror qildi. [1]

Shuningdek, qaraladi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dinlararo muloqot bo'yicha papalik kengashi
  • Papa Gregory IX
  • Ilk zamonaviy Fransiyada sharqshunoslik

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 McCabe 2008.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Lindberg 1978.