Kontent qismiga oʻtish

Salamanka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

SalamankaIspaniyaning markaziy qismidagi shahar, KastiliyaLeon muxtor viloyatida, Termes daryosi sohilida. Salamanka provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 349,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnteri sanoati korxonalari, 2 universitet (qarang: Salamanka universiteti) bor. Shahar mil. av. V asrdan maʼlum. S. karfagenliklar (mil. av. III asr), rimliklar (mil. av. II asr), arablar (VIII—XI asrlar) qoʻl ostida boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 12— XVIII asrlarga oid sobor, universitet binosi va boshqa saqlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil