Steffen Hofmann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Steffen Hofmann
Hofmann 2008-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-sentyabr 1980-yil (1980-09-09) (43 yosh)
Tavallud joyi Würzburg, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SK Rapid Wien (sport koordinator)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985-1993 1. FC Kirchheim
1993-1996 Würzburger FV
1996-2000 Bayern Munich
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000-2002 Bayern Munich II 57 (21)
2001-2002 Bayern Munich 1 (0)
2002-2005 Rapid Wien 109 (26)
2005-2006 1860 Munich 16 (2)
2006-2018 Rapid Wien 325 (72)
Milliy terma jamoa
Germaniya U16 6 (0)
Germaniya U17 12 (1)
Germaniya U18 3 (1)
2004 Germaniya B 3 (0)
Boshqargan klublari
2018- Rapid Wien (murabbiy/skaut)
2020-2021 Rapid Wien II (vaqtinchalik)
2021 Rapid Wien (vaqtinchalik)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Steffen Hofmann (talaffuzi: Steffen Xofman; 1980-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchi[1], faoliyatining katta qismini Avstriya Bundesligasining SK Rapid Wien jamoasida oʻtkazgan. Hozirda Rapid Wien klubida sport koordinatori sifatida ishlaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyat davrida Hofman oʻz shahrida klub — Würzburgerning yoshlar jamoasida oʻynagan. 1997-yilda „Bayern“ oʻsmirlar jamoasiga qoʻshilgan. Jamoa bilan chempionlikka erishgan. Germaniya yoshlar ligasida ikkinchi o‘rinni egallaganidan so‘ng, 2000-yilda „Bayern“ning ikkinchi jamoasiga oʻtdi.

2002-yilda Hofmann Avstriyaning SK Rapid Wien jamoasiga qoʻshildi va tezda muxlislarning sevimli oʻyinchisiga aylandi. Shuningdek, Andreas Ivanshits bilan birga liganing eng yaxshi yarim himoya duetini tuzdi va ikkalasi jamoanining 2005-yilda 31-liga chempionligiga va 2006-yilda UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqishiga munosib hissalarini qoʻshishdi. Jamoasi guruhda oxirgi oʻrinni egallagani va jamoadoshi Ivanshitzning transferidan soʻng, Hofmann 2006-yil yanvar oyida Germaniyaning TSV 1860 Munich klubiga oʻtishga qaror qildi. 2006-yil yozida Rapid Wienga qaytdi.

Hofmann klubining asosiy oʻyinchilaridan biri va sardori boʻldi. Shuningdek, darvozaga zarba berishdan koʻra, toʻpni yaxshiroq joylashgan oʻyinchiga uzatadigan oʻyinchi sifatida ham tanilgan.

2010-yil 21-oktabrda UEFA Yevropa ligasi o‘yinida Bolgariyaning SSKA Sofia klubiga qarshi oʻyinda gol urdi, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Hoffman 2018-yilda isteʼfoga chiqdi[2].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstriya futbol assotsiatsiyasi 2005-yilda Avstriya milliy futbol terma jamaosida oʻynashga taklif berdi. Hofmann rozi boʻldi, lekin FIFA buni rad etildi, chunki Hofmann yoshligida Germaniya terma jamoasida bir necha oʻyin oʻtkazgan. Ushbu voqealardan soʻng, Hofmann Avstriya fuqaroligini olmadi va 2005-yil oxirida Germaniya vakili sifatida Osiyo turniriga chaqirilgan. Ammo kasallik tufayli ishtirok eta olmadi va qiziqish bildirganiga qaramay, oʻshandan beri nomzodi qoʻyilmadi.

Hofmann butun professional faoliyati davomida hech qachon qizil kartochka olmagan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami Manba
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Bayern Munich II 2000—2001 Regionalliga Süd 26 7 26 7 [3]
2001—2002 31 14 31 14 [4]
Jami 57 21 0 0 0 0 57 21
Bayern Munich 2001—2002 Bundesliga 1 0 0 0 0 0 1 0 [4]
Rapid Wien 2002—2003 Austrian Bundesliga 30 5 1 0 31 5 [5]
2003—2004 27 10 2 0 29 10 [5]
2004—2005 32 8 3 2 4 2 39 12 [5]
2005—2006 20 3 0 0 9 2 29 5 [5]
Jami 109 26 6 2 13 4 128 32
1860 Munich 2005—2006 2. Bundesliga 16 2 1 0 17 2 [6]
Rapid Wien 2006—2007 Austrian Bundesliga 19 1 0 0 19 1 [5]
2007—2008 36 10 8 8 44 18 [5]
2008—2009 34 12 3 1 2 0 39 13 [5]
2009—2010 36 20 3 0 12 5 51 25 [5]
2010—2011 25 5 4 0 8 3 37 8 [5]
2011—2012 32 6 2 0 34 6 [5]
2012—2013 20 2 2 1 6 1 28 4 [5]
2013—2014 32 5 0 0 9 0 41 5 [5]
2014—2015 36 4 4 0 2 0 42 4 [5]
2015—2016 29 4 2 0 11 4 42 8 [5]
2016—2017 15 2 4 1 3 0 22 3 [5]
2017—2018 11 1 2 0 13 0 [5]
Jami 325 72 26 3 61 21 412 96
Jami faoliyati 508 121 32 5 74 25 615 151

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayern Munich

  • Yoshlar oʻrtasidagi Germaniya B chempionati: 1997-yil

Rapid Wien

  • Avstriya Futbol Bundesligasi: 2004—2005, 2007—2008
  • Intertoto kubogi: 2007-yil

Individual

  • Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2004, 2009
  • Krone yilning eng yaxshi futbolchisi (muxlislar tomonidan ovoz berilgan): 2006, 2007
  • Avstriya Bundesligasining eng yaxshi toʻpurari: 2009—2010 (20 gol)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Hofmann, Steffen“ (German). kicker.de. Qaraldi: 2011-yil 28-dekabr.
  2. „Servus und Danke: Steffen Hofmanns Abschiedsspiel“. SK Rapid (2018-yil 17-may). 2018-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-sentyabr.
  3. „Steffen Hofmann“ (German). Fussballdaten.de. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „Steffen Hofmann“ (German). Fussballdaten.de. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 5,11 5,12 5,13 5,14 5,15 „Steffen Hofmann » Club matches“. Worldfootball.net. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
  6. „Hofmann, Steffen“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.