Stanisława Nikodym
Stanisława Nikodym | |
---|---|
Tavalludi |
2-iyul 1897-yil Varshava, Polsha |
Vafoti |
25-mart 1988-yil (90 yoshda) Varshava, Polsha |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Continuum nazariyasi |
Ish joylari | Varshava politexnika, Kenyon kolleji |
Tezis sarlavhasi | O rozcinaniu płaszczyźny przez zbiory spójne i kontinua |
Akademik rahbarlari | Stefan Mazurkiewicz |
Turmush oʻrtogʻi | Otto M. Nikodym |
Stanisława Nikodym (1897-yil 2-iyul — 1988-yil 25-mart) — polshalik matematik va rassom. Continuum nazariyasi, ayniqsa Jordan continuumlari boʻyicha koʻrsatgan natijalari bilan mashhur.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanisława Dorota Liliental Varshavada etnograf Regina Lilientalowa va Natan Liliental oilasida tugʻilgan. Stanisławaning Antoni ismli ukasi boʻlgan (1908-yilda tugʻilgan). Helena Skłodowska-Szalayning boshlangʻich maktabi va Varshavadagi ayollar maxsus maktabida 7 yil oʻqigan. 1916-yilda Varshava universitetiga qabul qilingan hamda Stefan Mazurkiewicz, Zygmunt Janiszewski va Wacław Sierpińskilardan matematika boʻyicha saboq olgan[1].
1924-yil Krakovda matematik Otto M. Nikodymga turmushga chiqqan. Mazurkiewicz rahbarligida 1925yilda Yagellon universitetida doktorlik darajasi berilgan. Polshada matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan birinchi ayoldir[2].
Parijda oʻqish uchun hukumatdan mablagʻ olib, eri bilan 1926-yildan ikki yil davomida Sorbonnada oʻqishgan. 1930-yilda ular Varshavaga qaytishgan. Varshava politexnika institutida ishlagan va 1936-yilgacha Franciszek Leja bilan birga ishlagan[3].
Ukasi, kimyogar va Polsha armiyasining ofitseri Antoni 1940-yilda Katin qirgʻini paytida ruslar tomonidan oʻldirilgan[4]. Germaniya fashistlarining Polshani bosib olishi ostida „keraksiz“ kasblar, jumladan, oliy taʼlim ham cheklangan. Nikodymlar jazo xavfiga qaramay, matematikadan yashirin darslar oʻtkanganlar[5]. 1944-yilgi Varshava qoʻzgʻolonida eri bilan oʻzlarining mol-mulkini, jumladan, nashr etilmagan bir nechta matematik ishlarini yoʻqotganlar. 1946-yilda matematiklar kongressida qatnashish uchun Belgiyaga koʻchib oʻtishgan va Otto Amerika Qoʻshma Shtatlarining Ohio shtati Gambier shahriga joylashishdan oldin Yevropaning turli shaharlarida maʼruzalar oʻqigan[6].
1974-yilda turmush oʻrtogʻi vafotidan soʻng, oʻz qogʻozlari va rasmlarini Austindagi Texas universiteti Brisko Amerika tarixi markaziga sovgʻa qilgan[7]. Stanisława Nikodym 1988-yilda Varshavada vafot etgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ciesielska 2018, s. 115.
- ↑ Domoradzki & Stawiska 2018, s. 24.
- ↑ Ciesielska 2018, s. 116.
- ↑ 4,0 4,1 Ciesielska 2018.
- ↑ Szymanski 1990.
- ↑ Ciesielska 2018, s. 117.
- ↑ Piotrowski 2014.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ciesielska, Danuta (2018). "A mathematician and a painter Stanisława Nikodym and her husband Otton Nikodym". in Kjeldsen, T.H.; Oswald, N.; Tobies, R.. Women in Mathematics: Historical and Modern Perspectives. Mathematisches Forschungsinstitut Oberwolfach. doi:10.4171/OWR/2017/2. https://vbn.aau.dk/da/publications/2a37399a-1f2a-449b-942d-7a63fc348caf.
- Domoradzki, Stanisław; Stawiska, Małgorzata (2018). Polish Mathematics and Mathematicians in World War I. doi:10.4467/2543702XSHS.19.004.11010.
- Piotrowski, Walerian (2014). "Jeszcze w sprawie biografii Ottona i Stanisławy Nikodymów" (pl). Wiadomości Matematyczne 50 (1). https://wydawnictwa.ptm.org.pl/index.php/wiadomosci-matematyczne/article/viewFile/653/694.
- Stamp, Tom (1995). "Let Us Now Praise Not-So-Famous Women". Kenyon College Alumni Bulletin (Spring). https://bulletin.kenyon.edu/article/let-us-now-praise-not-so-famous-women/.
- Szymanski, Waclaw (1990). "Who Was Otto Nikodym?". Mathematical Intelligencer 12 (2).