Katin qatliomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Katin-Xarkov-Mednoye yodgorligi (Świętokrzyskie togʻi, Polsha)

Katin qatliomi Ikkinchi jahon urushi davomida Sovet armiyasi tomonidan sodir etilgan bir qator qotilliklarning nomidir. Bu qatliomda NKVD aʼzolari tomonidan taxminan 22 000 ta polyak harbiy mahbuslari oʻldirilgan. Smolenskdan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Katin yaqinidagi oʻrmonda oʻldirilgan mahbuslarning aksariyati ofitserlar boʻlgan. Katin qatliomi 1940-yilning aprel va may oylarida sodir boʻlgan. Qatliom NKVD rahbari Lavrentiy Beriyaning Stalinga bergan Sovet politbyurosi tomonidan tasdiqlangan Polsha ofitserlar korpusining barcha aʼzolarini qatl qilish taklifi ortidan boshlangan. Katinda 4 000 dan 5 000 gacha kishi oʻldirilgan. 1990-yilda Sovet Ittifoqi oʻz aybini tan oladi hamda Mixail Gorbachev rasman kechirim soʻraydi. Katin qatliomidan 400 nafardan 450 nafargacha mahbus omon qolgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]