Kontent qismiga oʻtish

Stanislav Kulinchenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Stanislav Kulinchenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 1971-yil 19-aprel
Samarqand
Boʻyi 190 sm
Vazni 86 kg
Sport
Qaysi sport Gandboll

Stanislav Vladimirovich Kulinchenko (1971-yil 19-aprelda tugʻilgan, Krasnogvardeyskaya, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston[1][2]) – rossiyalik gandbolchi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiada chempioni (2000). Hozirda u „Kuban“ (Krasnodar) ayollar gandbol klubi direktori.

Stanislav Vladimirovich Kulinchenko 1971-yil 19-aprelda O‘zbekiston SSR Samarqand viloyati, Krasnogvardeyskoye qishlog‘ida tug‘ilgan. Ural davlat jismoniy tarbiya universitetini tamomlagan[3]. U Polet (Chelyabinsk), Selye Pivovarna (Sloveniya), SKIF (Krasnodar), HC EMPOR (Rostok), TSG Bielefeld (ikkalasi Germaniya), Zagreb (Xorvatiya), Selje (Sloveniya), Magdeburg (Germaniya) HONDA Suzuka (Yaponiya), Superfund Hard (Avstriya) klublarida oʻynagan.

1990-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori (ushbu turnirda chempionatning eng yaxshi gandbolchisi deb topilgan). 1992-yilda Rossiya terma jamoasiga kelib qoʻshilgan. 1997-yil jahon chempioni boʻlgan. 2000-yil Sidneydagi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni. 1999-yilgi jahon chempionati kumush medali sohibi, 1996-yilgi Yevropa chempioni va 1994-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori. 1999-yilgi Superkubok sohibi (Germaniya), 2000-yil Xorvatiya chempioni, 2000-yil Xorvatiya kubogi sohibi, 2001-yil Sloveniya chempioni, 2001-yil Sloveniya kubogi sohibi, 2002—2004-yillarda Yaponiya gandboll chempionatining 3 karra chempioni, 2005-yil Avstriya kubogi sohibi.

Stanislav Kulinchenko bir muddat Rossiya erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabida va FGR sport direktori lavozimida ishlagan. 2022-yildan boshlab Krasnodar shahridagi 9-sonli sport maktabining direktori[4].

Stanislav Kulinchenkoning xotini Vladi Vainomis mashhur estoniyalik voleybolchi. Artyom ismli oʻgli va Masha, Katya ismli qizlari bor[5].

  1. „"Profile: Stanislav Kulinchenko"“. www.sports-reference.com. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.
  2. „Stanislav Kulinchenko“. www.olympedia.org.
  3. „Станислав Кулинченко. О спортсмене“. www.krd-sport.ru. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.
  4. „"Он был нам как отец: воспитал, научил сражаться, всегда идти до конца!" Памяти Валентина Шияна“. Быстрый центр (2022-yil 21-iyul). 2022-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  5. „Станислав Кулинченко: «Говорю, и мурашки по коже...»“. www.sports.ru. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.
  • Кулинченко Станислав Владимирович // Большая олимпийская энциклопедия: В 2 т. / Автор-составитель В. Л. Штейнбах. — М.: Олимпия Пресс, 2006.