Sputnik V COVID-19 vaksinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sputnik V (ruscha: Спутник V; [sunʼiy yoʻldosh vi], V inglizcha: victory — gʻalaba); savdo nomi „Gam-COVID-Vak“, (lotincha: Gam-COVID-Vak) jahonda birinchi COVID-19 profilaktikasi uchun roʻyxatga olingan kombinatsiyalashgan vektorli vaksinadir[1][2]. Vaksina N. F. Gamaleya Federal Research Center for Epidemiology & Microbiology (ruscha: Национальный исследовательский центр эпидемиологии и микробиологии имени Н. Ф. Гамалеи) tomonidan ishlab chiqilgan.

Oʻzbekistonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sputnik V“ vaksinasi Rossiyada uch bosqichli klinik sinovlardan oʻtkazilgan holda 2021-yil 11-fevraldan uni Oʻzbekistonda roʻyxatga olish ishlari boshlandi va sertifikatsiyalashga tavsiya etildi[3]. 2021-yil 28-may kuni Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko Oʻzbekiston rasmiylari bilan „Sputnik V“ni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuv amalga oshirilganini maʼlum qildi[4]. Kelishuvga koʻra vaksina Oʻzbekistondagi „Jurabek Laboratories“ firmasida ishlab chiqariladi[5]. Oʻzbekistonda Sputnik V'ning bitta kapsulasi ikki kishiga emlanayotgani haqida xabar berilgach, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi izoh berishicha, avval Oʻzbekistonga olib kelingan Sputnik V vaksinasining birinchi va ikkinchi partiyalari faqat bir kishiga moʻljallangan dozada kelgan, keyingi partiyada eda dozalar ikki kishiga moʻljallangan[6]. 2021-yilning iyul oyida Olmaliq shahridagi „Jurabek Laboratories“ fabrikasida Sputnik V vaksinasi ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi[7].

Tavsiya etilmaydigan holatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sputnik V“ vaksinasi bilan emlanish homiladorlarda, emizikli onalarga, gripp va shamollashning oʻtkir davrini boshidan kechirayotgan insonlarga, OIV infeksiyasiga va autoimmun kasalliklarga chalinganlarga, vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi boʻlgan odamlarga tavsiya etilmaydi[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Минздрав России зарегистрировал первую в мире вакцину от COVID-19“. Министерство здравоохранения Российской Федерации (2020-yil 11-avgust). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  2. „Совещание с членами Правительства. Стенограмма“. Kremlin.ru (2020-yil 11-avgust). 2021-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-avgust.
  3. „Ўзбекистонда «Спутник V» вакцинасини рўйхатдан ўтказиш ишлари бошланди“. Bugun.uz (2021-yil 11-fevral). 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „O'zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi“. Bugun.uz (2021-yil 28-may). [sayt ishlamaydi]
  5. „В Узбекистане могут производить вакцину Sputnik V“. Взгляд.uz (22 июнь 2021). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
  6. „В Узбекистане стали вакцинировать одной ампулой «Спутник V» двоих человек“. Nova24 (2021-yil 16-iyul).
  7. „Ўзбекистонда «Спутник V» вакцинасининг биринчи партияси ишлаб чиқарилди“. Bugun.uz. 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 30 июль.
  8. „O'zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi kimlarga tavsiya etilmasligi ma'lum bo'ldi“. Bugun.uz (2021-yil 25-aprel). [sayt ishlamaydi]