Sovuq qurol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sovuq qurollar

Sovuq qurol— hujumda va himoyada jarohat etkazish uchun maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan (qayta ishlangan) hamda porox va portlash moddalari bilan bog'liq bo'lmagan predmetlar. E.I.Tixonov bergan ta'rif bo'yicha bevosita badanga shikast yetkazish maqsadidida maxsus tayyorlangan, bevosita ishlab chiqarish yoki xo'jalik turmushiga va hujum yoki faol himoyaga mo'ljallangan, konstruksiyasi, o'lchami va materiali bo'yicha ushbu maqsadlarga mos tushadigan, harakatdagi prinsipiga ko'ra esa,chopuvchi, sanchuvchi, kesuvchi, sanchuvchi-chopuvchi, uruvchi-bo'laklovchi yoki shularning barchasini o'zida jamlagan qurollardir.

Sovuq qurollar tuzilishi, o'lchovlari, ishlatilgan metriali bo'yicha xo'jalikda ro'zg'orda ishlatiladigan asbob-uskunalardan farq qiladi. Sovuq qurollar ishlatilishi ko'zlangan maqsadiga ko'ra jangovor(harbiy va fuqarolik) va ov qurollariga bo'linadi. Harbiy sovuq qurol asosan insonga tana jarohatini yetkazish uchun ko'zlangan, bularga qilichning barcha turlari, shtiklar, desatchilar va harbiylarning pichoqlari(xanjar, fikka) kiradi.

Ishlanish, tayyorlanish nuqtai nazaridan suvuq qurollar sovuq qurollar uch guruhni tashkil qiladi: Zavodda, hunarmandlar tomonidan va qo'lda yasaladigan qurollar.

Sovuq qurollarni yasash, olib yurish va sotish uchun amaldagi jinoyat qonunida ma'muriy javobgarlik (O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-2-moddasiga asosan, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq(g‘ilofsiz) holda olib yurish qatʼiyan taqiqlanadi va BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida olib yurish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, BHMning 1 baravaridan - 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bu tartibga, xuddi shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurish ham kiradi va u ham taqiqlanadi)[1] ko'rsatilgan. Shuningdek ular yordamida jinoyat sodir etilsa, uni tasniflashda ahamiyatli bo'lib tegishli ekspertiza tayinlashga zarurat tug'iladi.

Sovuq qurollarning eksprtiza tekshiruvi asosan ularni qaysi tur va guruhga mansubligini aniqlashdan iborardir. Hal qilinadigan masalalar doirasi tekshiriluvchi qurolning texnik holati, guruh-turdosh mansubligi, qanday materialdan tayyorlanganligi va boshqalardan iboratdir.[2]

  1. Olamgir, Abdiyev „Sovuq qurolni olib yurish javobgarlikka sabab bo'ladi“. zamon.uz.
  2. O'zbekiston yuridik ensiklopediyasi.2009 — 401-bet bet.