Jarima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jarima — 1) qonunda belgilangan hollarda undiriladigan mablagʻ. J. jinoiy jazo, maʼmuriy va jamoatchilik taʼsiri chorasi sifatida qoʻllaniladi. Fuqarolik huquqida J. shartnomani bajarmagan yoki uning bajarish muddatini oʻtkazib yuborgan korxona, tashkilot, muassasalarga, jinoyat xuquqida jinoyatchiga (sud tomonidan asosiy yoki qoʻshimcha jazo sifatida), maʼmuriy huquqda jamoat tartibi, transportdan foydalanish, ov qilish va b. tartiblarni buzganlarga solinadi. Oʻzbekiston MJKga muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor jismoniy va yuridik shaxcdan davlat hisobiga pul undiriladi. Fuqarolarga solinadigan J.ning eng kam miqdori eng kam ish haqining 50 dan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — 10 dan bir qismidan kam boʻlmasligi, eng koʻp miqdori eng kam ish haqining 5 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan oshmasligi kerak (qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda baʼzi huquqbuzarliklar uchun J. miqdori oshirilishi mumkin). J. mahalliy davlat hokimiyati organlari, qonun bilan vakolat berilgan boshqa organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan solinadi; 2) sportda — qoidani buzganlik uchun beriladigan jazo (maye, J. toʻpi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil