Kontent qismiga oʻtish

Sonet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sonet (ital. sonetto) — 14 misradan iborat turgʻun sheʼriy shakl. S. qatʼiy qonun—qoidalar asosida yaratiladi. U 4 banddan iborat boʻlib, 1 va 2 bandlar 4 misradan (katren), 3 va 4 bandlar 3 misradan (terset) tashkil topadi. Katrenlar, koʻpincha, avav avav yoki avva avva shaklida, tersetlar esa cdc dcd yoki cde cde shaklida qofiyalangan boʻladi. Eng muhimi — qofiyalar toʻla va jarangdor boʻlishi lozim. S faqat shaklan emas, mazmunan ham shunday talablarga javob berishi kerak. Mas, uning 1bandida asosiy fikr aytiladi, 2bandda bu fikr rivojlanadi, 3bandda yechim, 4bandda esa xotima ifodalanadi. S 13-asrda vujudga kelgan. S.ning mustaqil sheʼr turi sifatida shakllanishida F. Petrarkaning xizmati katta. Dante, P. Ronsar (152485), V. Shekspir, I. Gyote kabi shoirlar S.ning mumtoz namunalarini yaratganlar. Rossiyada ilk bor 18-asrda V. Trediakovskiy, A. Sumarokovlar, keyinchalik A. Pushkin, M. Lermontov, A. Fet kabi shoirlar, 20-asrda A. Blok, B. Bryusov, A. Axmatovalar S.lar yaratganlar. S. oʻzbek sheʼriyatida 30-yillarda paydo boʻldi. Usmon Nosir, Barot Boyqobilov, Rauf Parfi va boshqalar S. yozganlar.