Somewhere Only We Know

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Somewhere Only We Know“
„Keane“ qoʻshigʻi
„Hopes and Fears“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 16-fevral 2004-yil
Yozib olingan 2003
Studiya Heliocentric (Rye, East Sussex, Angliya), Les Essarts (Normandiya, Fransiya)
Davomiyligi 3:57
Leybl Island, Interscope
Matn muallif(lar)i Tim Rice-Oxley, Tom Chaplin, Richard Hughes
Prodyuser(lar) Andy Green, James Sanger, Keane
„Keane“ singllari xronologiyasi
„This Is the Last Time“
(2003)
Somewhere Only We Know
(2004)
„Everybody's Changing“
(2004)
Official UK video
„Somewhere Only We Know“ YouTubeda

Somewhere Only We Know“ (tarjimasi „Faqat biz bilgan biror joy“) — „Keane“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2004-yilning 16-fevralida guruhning „Hopes and Fears“ nomli ilk studiyaviy albomining birinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Tarona sotuvga chiqarilgan ilk haftasida Buyuk Britaniya singllar xit-paradida uchinchi pogʻonagacha koʻtarilgan[1].

Qoʻshiqni guruh vokalchisi Tim Rice-Oxley yozgan. Qoʻshiq lya major tonalligida boʻlib, unda pianino asosiy cholgʻu oʻlaroq chalingan. 2004-yil qoʻshiqning demosi Internetda sizdirilgan. Demo versiya studiyada yozib olingan versiyadan uzunroq boʻlib, qoʻshimcha oʻtishga egadir.

„Somewhere Only We Know“ qoʻshigʻi uchun ikki xil klip suratga olingan. Xalqaro versiya 2003-yilning noyabrida Corin Hardy rejissyorligida olingan. Unda „Princess Mononoke“ (1997) yapon animatsion filmidan ilhomlanib yaratilgan mavjudodlarni koʻrish mumkin. AQSh versiyasi deb ataluvchi klip esa 2004-yilning may oyida The Saline Project tomonidan suratga olingan. Unda guruh aʼzolari sahnada, yirik oʻrmon tasviri fonida taronani ijro etayotgani koʻrsatilgan.

2013-yil ingliz xonandasi Lily Allen „Somewhere Only We Know“ qoʻshigʻi kaverini eʼlon qilgan. Mazkur versiya Britaniya singllar xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan[2]. Taronadan John Lewis & Partners shirkatining rojdestvo munosabati bilan amalga oshirilgan reklama kampaniyasida foydalanilgan. Bundan tashqari, „Somewhere Only We Know“ qoʻshigʻini oʻndan oshiq xonanda kaver qilgan. Shuningdek, qoʻshiq „The Lake House“ (2006) filmi treylerida yangraydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]