Solntsevskaya Bratva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Solntsevskaya Bratva
Tashkil etilgan hududi Solntsevo tumani, Moskva, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Hududi: Rossiya, Ukraina, Vengriya, Daniya, Gollandiya, Chexiya Respublikasi, AQSh, Isroil, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Ispaniya, Janubiy Afrika, Kanada va Yevropaning boshqa qismlarida, Afrika va Avstraliya.[1]
Etnik tarkibi: Asosan ruslar, rus yahudiylari va ukrainlar
Faoliyat Reketlik, tovlamachilik, noqonuniy qimor oʻyinlari, qurol savdosi, odam savdosi, fohishalik, giyohvand moddalar savdosi, talonchilik, oʻt qoʻyish, poraxoʻrlik, pul yuvish, firibgarlik, qotillik, hujum
Ittifoqchilar: Orexovskaya to'dasi, Bolgariya mafiyasi, Serbiya mafiyasi va Kolumbiya kartellari, Xitoy triadasi bilan biznes hamkorlik , Sitsiliya mafiyasi, Kamorra va 'Ndrangheta

Solntsevskaya uyushgan jinoyatchilik guruhi (ruscha: Солнцевская организованная преступная группировка), shuningdek, Solntsevskaya Bratva (ruscha: Солнцевская братва)nomi bilan ham tanilgan). Rossiyadagi jinoiy sindikat guruhidir.

Nomning boshqa soddalashtirilgan versiyalari — Solntsevskaya birodarligi va Solntsevskaya toʻdasi. Guruh oddiy jinoiy guruh emas, balki yaxshigina tashkil etilgan jinoiy tashkilotdir.

Qudratga kelishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Solntsevskaya toʻdasi 1980-yillarning oxirida firibgarlik uchun qamoq jazosini oʻtagan sobiq ofitsiant Sergey Mixaylov tomonidan tashkil etilgan. Moskvaning Solntsevo tumanida joylashgan jinoiy toʻda mahalliy ishsiz, tajovuzkor yigitlarni oʻz jinoiy guruhiga, toʻda aʼzosi sifatida yollagan. Shuningdek, oʻgʻri Dzhemal Khachidzedan foydalanib, oʻz obroʻsini mustahkamlagan jinoyatchilar orasida obroʻ orttirgan. Ushbu toʻda Solntsevo tumani, shuningdek, strategik jihatdan Ukrainaga olib boruvchi M3 avtomagistrali, MKAD, Moskva halqa yoʻli, shuningdek, Vnukovo xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan edi. Ushbu transport markazlarini nazorat qilish Solntsevo guruhiga avtomobillarni import qilish biznesiga kirishish imkoniyatini yaratdi.[2] Ammo 1990-yillarning boshlariga kelib, Solntsevoning hukmronligiga chechen mafiyasi qarshi chiqdi. Orexovskaya toʻdasi va boshqa slavyan toʻdalari bilan birgalikda Solntsevo toʻdasi, chechenlarni quvib chiqarish uchun oʻzaro ittifoq tuzdi.[3] Toʻdalar oʻrtasidagi urush koʻplab qurbonlar keltirdi. Jumladan, Qozogʻiston kinoteatrida yuz bergan otishmada olti chechen va toʻrt rossiyalik halok boʻldi.[4] Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, toʻda siyosatchilar bilan oʻzaro yaqin aloqa oʻrnatish orqali oʻzlarini kuchaytirish uchun tartibsizliklardan foydalangan. Ular endi oʻz manfaati uchun Rossiya davlatiga taʼsir oʻtkaza olish darajasiga yetgan edilar. Shuningdek, ular pul yuvish uchun bir nechta qonuniy korxonalarni, jumladan banklarni, kazinolarni va hatto Vnukovo aeroportini ham sotib oldilar.[5]

Jinoiy guruh bir paytlar jinoiy tashkilotchi Semion Mogilevich bilan aloqador boʻlib, ular orqali pul yuvishgan. Biroq 1995-yilda Pragadagi mehmonxonada Mixaylov hamda oʻzbek narkotrafikchisi Gʻofur Rahimov ishtirok etgan ziyofatda Chexiya politsiyasi binoni bosadi va ulardan Mogilevichni mojarodan keyin oʻsha yerda oʻldirishni rejalashtirayotgani haqida maʼlumot olinadi. Ikkala guruhning niyatlari haqida oldindan maʼlumotga ega boʻlgan Mogilevichning oʻzi hech qayerda yoʻq edi.[6]

1990-yillarning oxiriga kelib, Solntsevskaya toʻdasi bank sektoriga oʻtishni boshlaydi. Bu ularga noqonuniy pullarini yuvish va oligarxlar bilan yaqinlashish imkonini beradi.[7]

Chet eldagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yillarda Solntsevskaya toʻdasi Vyacheslav Ivankovni Nyu-Yorkdagi Brayton -Bichga va Mixail Odenussani Atlantaga (Jorjiya) yuborib, u yerdagi barcha ruslarning faoliyatini oʻz nazoratiga oladi. Biroq, FQB Ivankovning borligi haqida ogohlantiriladi va uzoq davom etgan tergovdan soʻng u hibsga olindi va tovlamachilikda ayblanib, Qoʻshma Shtatlarda sudlangan birinchi qonun oʻgʻrisi boʻladi. Ivankov unchalik muvaffaqiyatli boʻlmagan boʻlsa-da, uning hamkasbi Odenussa 20 yildan ortiq vaqt davomida Atlantada rossiyalik uyushgan jinoyatchilikni nazorat qilib, taʼqiblardan qochib yurishni uddalaydi. Odenussa shahar katta qismini oʻz nazoratida ushlab turgan, uni doimo qoʻllab-quvvatlovchi qotillar armiyasi bor edi. Atlantada doʻkon ochish uchun odamlarini yuborgan Meksikaning giyohvand kartellari kabi katta boʻlmasa-da, Odenussa va uning kogortalari Atlantadagi Meksika giyohvand kartellari va afro-amerikalik toʻdalarni ortda qoldirdi.[8] Solntsevskaya Isroilda ham faol boʻlib, birinchi navbatda ular u yerdan noqonuniy pullarni yuvish uchun baza sifatida foydalangan. Ammo guruhning Isroil siyosatiga singib ketishiga boʻlgan urinishlariga, hushyor huquq-tartibot idoralari yoʻl qoʻymaydi.[9]

Doktor Bratvavor Solntsevskaya Bratvaning boʻlinmasi boʻlib, u Odenussa buyrugʻiga boʻysunishdan bosh tortgan va guruhlar oʻrtasida ittifoq tuzish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganidan keyin taniqli Doktor Spatz tomonidan mustaqil ravishda boshqarilgan.[10] Spatz Nyu-York shtatining katta qismini boshqaradi. Shtat Rochester va Sirakuza kabi yirik shaharlarni oʻz ichiga oladi va uning odamlari bu hududdagi afro-amerikalik va meksikalik koʻcha toʻdalaridan koʻproq boʻlgan.[11] Tashkilot, shuningdek, Cuntrera-Caruana Mafia klani vositachiligidagi Kolumbiya narkotik kartellari bilan oʻzaro savdo hamkorlik aloqalari tufayli, xalqaro miqyosdagi kokain savdosi bilan ham shugʻullanadi.[12]

Hozirgi holati va oxirgi paytlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh maʼlumotlariga koʻra, 2010-yilda Wikileaks janjali paytida eʼlon qilingan Solntsevo toʻdasi Rossiya davlat xavfsizlik agentligi FSB himoyasi ostida reketerlik operatsiyalarini davom ettirmoqda.[13]

Fraksiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Marvel Comics multiverse Earth-616- da Solntsevskaya Bratvaga Ivan Pushkin (aka Ivan the Terrible) rahbarlik qiladi va uning eng koʻzga koʻringan aʼzolaridan biri Anatoliy Rasputin, mashxur mutantlar Pyotr Rasputinning (aka Colossus) amakisi. X-odamlarda Illyana Rasputina (aka Magik) va Mixail Rasputin obrazllari mavjud.
  • Marvel Comics multiverse Earth-1610- da Piotr Rasputin (aka Colossus) Ultimate X-Men aʼzosi boʻlishdan oldin Solntsevskaya Bratvaning yuqori martabali aʼzosi edi.
  • Solntsevskaya Bratva, CW teleserialida „Arrow“ serialida takrorlanuvchi rolga ega. Oliver Queen tashkilotda jinoyatchilarni topish uchun foydalanadigan aloqalarga ega boʻlgan. Arrowda Solntsevskaya Bratvaning Arrowversedagi rahbari Anatoliy Knyazev (aka) KGBeast), Arrowverse va DC Universedagi eng katta super yovuzlardan biri(Devid Nykl oʻynagan).

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tambov gang
  • Uralmash gang
  • FC Arsenal Kyiv „Kiev-Donbass“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Archived copy“. 2014-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-may.
  2. McMafia: A Journey Through the Global Criminal Underworld — Misha Glenny
  3. Khlebnikov P.; Conversation with a Barbarian: Interviews with a Chechen Field Commander on Banditry and Islam — Moscow, Detekiv-Press, 2003
  4. Paul Khlebnikov — Godfather of the Kremlin
  5. „Profile of Russian Mafia boss Sergei Mikhailov“. Gangsters Inc. - www.gangstersinc.org (2010-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  6. „The Billion Dollar Don“ (Transcript of BBC Panorama documentary which cites Mikhailov and Solntsevskaya in association with Mogilevich)
  7. Glenny; McMafia
  8. Friedman, Robert; Red Mafiya: How the Russian Mob Has Invaded America; 2000
  9. Gentelev, Alexander; Thieves by Law; 2010
  10. Gentelev, Alexander; Thieves by Law; 2010
  11. Friedman, Robert; Red Mafiya: How the Russian Mob Has Invaded America; 2000
  12. Glenny; McMafia
  13. US embassy cables: Moscow mayor oversees corrupt system, says US

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]