Kontent qismiga oʻtish

Sohib Ota majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sohib Ota majmuasi (turkcha: Sâhib Atâ Külliyesi) Turkiyaning Konya shahrida joylashgan tarixiy dafn maskani va diniy majmua. U 1258-1285-yillarda Koʻniya sultonining fors vaziri Sohib Ota tomonidan qurilgan[1]. Bu diniy majmua masjid, maqbara, xonaqoh va hamamdan iborat.

Diniy majmua 1258-yilda[2] Saljuqiy turklarining vaziri Sohib ota buyrugʻi bilan qurilgan[3]. Anadoluga moʻgʻullar bosqinidan soʻng saljuqiylar Hulokuiylarga vassal boʻlganidan soʻng, majmua mashhurlikka erishgan[3]. Sohib Ato va uning oilasi majmua maqbarasiga dafn etilgan[3]. Majmua meʼmori Abdulloh ibn Keluk boʻlgan[2]. Kompleksni taʼmirlash 19-asrda amalga oshirilgan. Yakuniy restavratsiyalar 2007-yilda qilingan[4].

Sohib ota masjidining minorasi

Masjid diniy majmuada qurilgan eng birinchi inshootdir[5]. Biroq, masjid 1871-yilda rekonstruksiya qilingan va hozirgi holatga keltirilgan, chunki eski masjid yongʻinda deyarli butunlay vayron boʻlgan[6]. Dastlabki tuzilishdan faqat mehrob va kirish qismigina toʻliq saqlanib qolingan[6]. Masjid tomi yogʻoch toʻsinlar bilan mustahkamlangan, uning shimoliy tomonidagi ayvon orqali ichkariga kiriladi[6].

Maqbara ichi

Maqbarada (turbe) Sohib ota va uning oilasi hoklari dafn etilgan. Uning tepasida gumbaz joylashtirilgan[7]. Maqbara devorlari yerdan taxminan 2,5 metr balandlikkacha yopishtirib chiqilgan feruza rangli olti burchak koshinlar bilan qoplangan[8]. Maqbara masjid yonida, qibla orqasida joylashgan[7].

Xonaqoh 1279-yilda qurilgan. Turk soʻfiylari yoki darveshlari uchun asosiy yigʻilish maskanidir[9]. Xonaqohning janubiy tomonida suvoqdan yasalgan mehrob bor[10].

Hammom ayollar va erkakalar uchun alohida-alohida qilib qurilgan. Erkaklar hammomi hududning shimoliy qismida, ayollarniki esa janubiy qismda joylashgan. Hamam gumbazlari bilan qoplangan, erkaklar hamomining tepasida ellipssimon gumbaz mavjud[ iqtibos kerak ].

  1. „Archnet > Site > Sahip 'Ata Külliyesi“. www.archnet.org. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „Archnet > Site > Sahip 'Ata Külliyesi“. www.archnet.org. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 M. Ferit – M. Mesut, Selçuk Veziri Sahip Ata ile Oğullarının Hayat ve Eserleri, Istanbul 1934
  4. „SÂHİB ATA KÜLLİYESİ“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  5. „SÂHİB ATA KÜLLİYESİ“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Tarihe meydan okuyan Selçuklu eseri: Sahip Ata Külliyesi“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  7. 7,0 7,1 „Sâhib Atâ Külliyesi“. www.konya.gov.tr. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  8. „SÂHİB ATA KÜLLİYESİ“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  9. „Tarihe meydan okuyan Selçuklu eseri: Sahip Ata Külliyesi“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.
  10. „SÂHİB ATA KÜLLİYESİ“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2023-yil 24-dekabr.