Kontent qismiga oʻtish

Sogang universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
koreyscha: 서강대학교
Shiori Haqiqatga boʻysun (Obedire Veritati) (Latin)
Turi xususiy
Asos solingan sanasi 18-aprel, 1960-yil (64 yil avval) (1960-04-18)
Rektori Luke Sim Jong-hyeok
Fakultetlar 439 ta (kunduzgi)
741 ta (sirtqi)
Talabalari 15,111
Bakalavriat 11,199
Magistratura 11,199
Manzili
35 Baekbeom-ro,Mapo ,Seoul
Veb-sayti sogang.ac.kr

Sogang universiteti (SU) – Janubiy Koreyadagi xususiy universitet boʻlib, 1960-yil Theodore Geppert tomonidan asos solingan.

Universitet ramzi va shiori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetning ramziy rangi qizil boʻlib, sevgi, muqaddas ruh, shahidlik, sadoqat va gʻalaba maʼnolarini anglatadi. Kumush chevron Sogangning birinchi „ㅅ“ (koreyscha alifboda) harfidan kelib chiqqan boʻlib, intellektuallikni ifodalaydi[1]. Sogang universitetining ikkita shiori mavjud, biri „Haqiqatga boʻysun“, yana bir shiori esa „Sogang sen bilan faxrlanganidek Sogang bilan faxrlan“.

Janubiy Koreyada Sogang universitetiga kirish juda qiyin va raqobatbardoshliligi yuqori. Sogang birinchi kurs talabalarining bilim darajasi mamlakatdagi oʻrta maktab eng yuqori akademik koʻrsatkichlarini koʻrsatuvchilarning 1% qismiga toʻgʻri keladi[2].

Sogang biznes maktabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sogang universiteti 2009-yil oktyabr oyida Biznes kolleji maktablari assotsiatsiyasidan (AACSB) biznes sohasi boʻyicha akkreditatsiyani oldi[3]. Biznes maktabi Seuldagi moliyaviy markaz yaqinida joylashgan boʻlib, u 2006, 2007 va 2008-yillarda Koreyadagi universitetlar orasida bakalavrlar uchun eng yuqori ishga joylashish koʻrsatkichiga ega. Taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan statistikada universitet talabalarining yirik kompaniyalarida bandlik ulushi 55,1%, 53,3% va 54,9% ni tashkil etgan.

Sogang iqtisodiyot maktabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet iqtisodiyot maktabi 1960-yilda ochilgan. Fakultet professor-oʻqituvchilari Koreyaning dastlabki iqtisodiy rivojlanish modelini ishlab chiqishda ishtirok etishgan. Iqtisodiyot boʻlimi RePEc tomonidan xalqaro jurnal nashrlarida Koreyada iqtisod boʻyicha eng yuqori oʻrinda deb tan olingan [4].

Sogang koreys tili taʼlim markazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sogang Koreys tili taʼlim markazi (KLEC) 1990-yilda koreys tili va koreys madaniyatini butun dunyoga ommalashtirish va yoyish maqsadida tashkil etilgan[5]. Tashkil etilganidan buyon xorijdan kelgan 30 000 dan ortiq talabalar universitetdagi koreys tili dasturlarida qatnashib, koreys madaniyati va tilini oʻrgangan. Ayni paytda koreys tili taʼlim markaziga har yili oʻrtacha 3500 nafar talaba roʻyxatdan oʻtadi[6].

  1. „교표“ [University symbol] (Korean). sogang.ac.kr.
  2. Kim, Sung-tak. „Open mouth, insert foot“. Korea Joongang Daily (2022-yil 13-sentyabr).
  3. MBA Channel: South Korea on the rise
  4. „Park’s aides focus on growth, fair economy“. The Korea Herald (2012-yil 21-dekabr).
  5. Jung, Min-kyung. „[Newsmaker [Hello Hangeul] Yonsei vs Sogang: A closer look at decades-old rivalry in Korean language education“]. The Korea Herald (2023-yil 12-fevral).
  6. „Sogang University“. wwwe.sogang.ac.kr. 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.