Sodiq Nagayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sodiq Ibragimovich Nagayev (1909-yil 13-may, Kuchuk-Oʻzen, Tavrida guberniyasi — 1971-yil 14-sentabr, Toshkent) — sovet me’mori. Oʻzbekiston SSRda bir qator loyihalar muallifi. SSSR Arxitektorlar uyushmasi a’zosi sanaladi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nagayev 1909-yil 13-mayda Kuchuk-Oʻzen qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga keladi. 12 yoshida u ota-onasi va singlisidan judo boʻladi, shundan soʻng u akasi bilan yollanma ishchi sifatida xizmat qiladi[1].

U Simferopoldagi yetti yillik maktabni tamomlagan. 1925—1928-yillarda Baxchisaroy san’at-sanoat texnikumida tahsil oladi. Sodiq Nagayev 1929-yilda komsomol yoʻllanmasi bilan u Moskva sanoat texnikumiga oʻqishga kirdi va uni 1931-yilda bitiradi. 1931-yildan1936-yilgacha u Moskva arxitektura institutida tahsil oldi, u yerda uning oʻqituvchilari Aleksey Shchusev, aka-uka Vesninlar va Ivan Joltovskiylar boʻlishgan[1]. Uning guruhdoshi oʻzga qrim-tatar me’mori Yoqub Useinov edi[2].

Oliygohni tamomlagach, u Qrimda oʻz faoliyatini olib boradi. Nagayev Qrimning janubiy qirgʻoqlarini rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etadi. U Autkada maktab va Simeizda shifobaxshsuv bulogʻini loyihalashtiradi[2].

1938-yilda Oʻzbekiston SSRda shaharsozlikni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha ish olib borish boʻyicha tavsiyanoma oladi. Nagayev Katta Fargʻona kanali loyihasi mualliflaridan biriga aylandi. Ulugʻ Vatan urushi yillarida Vladivostokda mudofaa sanoati sohasida ishlagan. Urush tugagandan soʻng Respublika “Oʻzdavloyiha” instituti va Toshkent politexnika institutining arxitektura fakulteti ta’sischilaridan biri boʻldi[2].

U 1950-yillarda Toshkent viloyati, keyinroq Yangiyoʻl shahrining bosh me’mori boʻladi. Toshkent shahridagi turar-joy binolari va suv ombori, Yangiyoʻlda kutubxona va gidroliz zavodi loyihalari muallifi. Olmaliq shahrining bosh rejasini ishlab chiqdi[2].

U musiqaga qiziqqani uchun pianino va mandolin chalardi. Sodiq Nagayevning soʻzlariga koʻra, bastakor Yaya Sherfedinov „Xaytarma sadolari“iga kiritilgan bir qator qrim-tatar qoʻshiqlarini yozib oladi[2].

U 1971-yilda 62 yoshida bu yorugʻ olamni tark etadi[2].

2010-yilda Qrim-tatar san’at muzeyida Nagayevning yubileyiga bagʻishlangan „An’analar merosxoʻrlari“ koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Нагаева Зарема, Бекирова Нияра. „Живая музыка души архитектора“. Голос Крыма (2008-yil 12-sentyabr). 2014-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 {{{заглавие}}}.
  3. Зарема Сервер. „Наследники традиций“. Авдет (6-dekabr 2010-yil). 5-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]