Aleksey Shchusev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksey Viktorovich Shchusev [1873.26.9(8.10), Kishinyov 1949.24.5, Moskva] — rus meʼmori, akad. (1943). Peterburg BA da taʼlim olgan (1891—97). Shchusev faoliyatida rus meʼmorligi anʼanalariga va neoklassitsizmga murojaat etib, oʻziga xos meʼmorlik uslubi yaratishga intilgan (mas, Moskvadagi Qozon vokzali majmui, 1914 yilda boshlanib — 1941 yilda tugallangan). 1918—25 yillarda "Yangi Moskva" loyihasi meʼmori, Tretyakov galereyasi direktori (1926—29). Toshkentdagi Navoiy teatri binosi Shchusev loyihasi asosida qurilgan (1947 yil, xalq ustalari bilan hamkorliqda). 2-jahon urushida vayron boʻlgan shaharlar (Istra, Novgorod, Kishinyov)ni tiklashda loyihalari bilan qatnashgan.