Yagya Sherfedinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yagya Sherfedinovich Sherfedinov (1894.18.3, Feodosiya 1975.29.1, Toshkent) —qrim-tatar kompozitori. Qrim ASSR (1941)da va Oʻzbekiston (1971)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1931). Simferopol radioqoʻmitasining musiqa boʻlimi mudiri (1931 — 37), opera va balet teatri, xalq ijodi uyi, ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar (193741). 1941 yildan Oʻzbekistonda. Muqimiy teatri (1941 — 43)da, Andijon teatri (1944—47)da musiqa rahbari. Andijon bolalar musiqa maktabi (1947—52), Toshkent oʻquvchilar saroyi (1952—55)da musiqa oʻqituvchisi. 1956 yildan faqat ijod bilan shugʻullangan. Sh. "Kim ishlasa, u tishlaydi", "Alim", "Arzilik qiz" (uchchalasi ham Yu.Bolat pyesasi), T.Jalilov bilan "Nurxon" (ikkinchi tahriri, 1944, K.Yashin), "Qaydasan, mening sevgim" (R.Murod) kabi musiqali drama va komediyalar, turli simfonik, vokalsimfonik asarlar, qoʻshiq va romanslar yaratgan. "Qrimtatar xalq ashula va raqslari" (1931, 1958), "Xaytarma kuylaydi" (1975) toʻplamlarini nashr qildirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil