Sodiq Azimov
Sodiq Azimov | |
---|---|
Azimov Sodiq Azimovich | |
Tavalludi |
7-noyabr 1914-yil |
Vafoti |
21-dekabr 1988-yil (74 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi |
![]() |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Sodiq Azimovich Azimov (1914-yil 7-noyabr, Toshkent — 1988-yil 21-dekabr) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1962), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964), fizika-matematika fanlari doktori (1955), professor (1958).
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻrta Osiyo davlat universitetini (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tugatgan (1940). Oʻrta Osiyo politexnika institutida (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti) ishlagan (1940-45), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti laboratoriya Mudiri (1948-56), direktor oʻrinbosari (1956-58), direktori (1958-62; 1966-88), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro 217 fizikasi instituti direktori (1962-66), „Fizika — Quyosh“ IICHB bosh direktori (1986-88). Oʻzbekiston yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslikka asos solgan va bu sohalarni rivojlantirgan olimlardan biri.
Sodiq Azimov oʻzi ishlab chiqqan usul yordamida kosmik nurlar tarkibida mezonlarga daxlsiz elektron va fotonlar mavjudligini isbotladi (1948). Pomir togʻi tepasidagi stansiyada (dengiz sathidan 3900 m balandligi) Azimov uz xodimlari bilan bir-galikda kosmik nurlar va yadrolarning oʻzaro taʼsirini oʻrganish borasida olib borgan ilmiy izlanishlar elektron-yadro oqimlarini kashf etish imkonini berdi. Azimov elektron-yadro jalalarini va yadro zarrachalari singishni tadqiq et-gan. U oʻta yuqori energiyali (1012- 1013 ev) yadro jarayonlari oʻrganiladigan togʻ stansiyasi qurilishini tashkil etdi.
Azimov rahbarligida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi fizika-texnika institutida quyosh nuri energiyasidan foydalanish usuli asosida oʻta sof yarimoʻtkazgich materiallar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi hamda 1987-yilda Parkent tumanida 1 megavatt quvvatga ega konsentratori bor noyob quyosh pechi barpo etildi. Azimov yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslik ilmiy maktablariga asos soldi.
U 14 fan doktori va 70 dan ziyod fan nomzodini tarbiyalab, yetishtirdi. Ular hozir ham „Fizika-Quyosh“ IICHB da, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida va Oʻzbekiston milliy universitetida xalqaro darajadagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarni faol davom ettirmoqdalar. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). „Fizika-Quyosh“ IICHB ga va Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻcha va maktabga uning nomi berilgan[1][2][3].
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Xotini — Rahima Azimova, akademik.
- Oʻgʻli — Bahodir, tadbirkor.
- Oʻgʻli — Rustam Azimov, davlat arbobi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ad.: Bekjonov R. B., Oʻzbekiston yadro fizikasi tarixi, T., 1994; Xudoyberdiyev R., Hakim Saʼdulla, Atom qaʼriga sayohat, T., 1996.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Sadik Azimovich Azimov / M. S. Saidov ; Sost.: K. G. Gulamov, R. A. Muminov, L. I. Selivanova. — Tashkent : Fan, 1984. — 71 s. — (Materiali k biobibliografii uchenix Uzbekistana)
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- 7-noyabrda tugʻilganlar
- 1914-yilda tugʻilganlar
- 21-dekabrda vafot etganlar
- 1988-yilda vafot etganlar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Rektorlar
- Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar