Kontent qismiga oʻtish

Skyfall (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Skyfall“
Adele qoʻshigʻi
Yozilgan sanasi 2012-yil
Chiqarilgan sanasi 5-oktyabr, 2012-yil(2012-10-05)
Studiya Abbey Road (London)
Davomiyligi 4:46
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Paul Epworth
Adele singllari xronologiyasi
„Turning Tables“
(2011)
Skyfall
(2012)
„Hello“
(2015)

Skyfall – qoʻshiqchi Adele tomonidan xuddi shu nomdagi James Bondning Skyfall filimi uchun saundtrek sifatida yozilgan qoshiq. Qoʻshiq Adele va prodyuser Paul Epworth tomonidan yozilgan va J. A.C Redford tomonidan orkestrlashtirilgan. Britaniyaning Eon Productions kino ishlab chiqaruvchi kompaniyasi qoʻshiqchini 2011-yil boshida qoʻshiq ustida ishlashga taklif qilgan, bu vazifani esa Adele film ssenariysini oʻqib chiqqandan keyin qabul qilgan. Qoʻshiqni yaratishda Adele va Epworth boshqa Bond mavzularining kayfiyati va uslubini tasvirlashni maqsad qilgan. „Skyfall“ 2012-yilning 5-oktyabr kuni soat 0:07 da, James Bondning birinchi film boʻlgan Dr No filmi chiqqanining 50 yilligini nishonlash uchun Xalqaro James Bond kuni doirasida premyera qilingan.

„Skyfall“ qoʻshigʻi, qoʻshiq matni va Adelning vokal ijrosi uchun maqtovga sazovor boʻlgan, koʻplab musiqa tanqidchilari va nashrlari uni Bondning eng yaxshi mavzulari qatoriga kiritdilar. Qoʻshiq jahon miqyosida muvaffaqiyat qozongan, oʻn bir mamlakat musiqiy reytinglarida birinchi oʻrinni egallagan va boshqa turli mintaqalarda kuchli beshlikka kirgan. U Buyuk Britaniyaning Singles Chart reytingida ikkinchi va AQShning Billboard Hot 100 reytingida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Dunyo boʻylab 7,2 million nusxada sotilgan „Skyfall“ barcha davrlarning eng koʻp sotilgan raqamli singllaridan biri hisoblanadi.

„Skyfall“ qoʻshigʻi koʻplab turli xil mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, eng yaxshi original qoʻshiq uchun Akademiya mukofoti, britancha singl uchun Brit mukofoti, eng yaxshi qoʻshiq uchun tanqidchilarning tanlovi film mukofoti, eng yaxshi original qoʻshiq uchun „Oltin globus“ mukofoti va vizual media uchun yozilgan eng yaxshi qoʻshiq uchun Grammy mukofoti kabi turli mukofotlarga sazovor boʻlgan. Shuning uchun u yuqorida tilga olingan barcha mukofotlarni qoʻlga kiritgan birinchi Bond mavzusiga aylandi. 85-Oskar mukofotlari marosimida Adel qoʻshiqni birinchi marta jonli ijro etgan.

2011-yil boshida Sony Pictures musiqa kompaniyasi prezidenti Lia Vollak Eon Productions dagi James Bond filmi prodyuserlariga Adeldan keyingi Bond filmi uchun qoʻshiq yozishni soʻrashlarini taklif qildi, keyinchalik u Skyfall deb nomlanadi[1]. Vollak, Adel Bond filmi uchun qoʻshiq yozishga yaxshi tanlov boʻladi, deb oʻyladi, chunki uning musiqasi „dardli, taʼsirli, oʻtmishni eslatadigan sifatga“ ega edi, bu Vollakning fikricha, bir nechta qoʻshiqlar bilan bogʻliq boʻlgan „klassik Shirli Bassey tuygʻusini“ qaytaradi[2].

Adel oʻzining „21“ – nomli ikkinchi albomini chiqarganidan keyin u Bond filmi uchun qoʻshiq yozishga rozi boʻlmaganini tan olgan[3]. Skyfall filmini suratga olish guruhi bilan uchrashgan qoʻshiqchi Skyfall rejissyori Sem Mendesga oʻzini ular qidirayotgan odam emasligini his qilganini aytdi, chunki u „mening qoʻshiqlarim shaxsiy, men yurakdan yozaman“ degan fikrda edi.[4]. Mendes shunchaki „shaxsiy qoʻshiq yozing“ deb javob berib, unga Carly Simonning „ The Spy Who Loved Me“ filmidagi " Nobody Does It Better " asaridan ilhomlanib yozishini taklif qilgan[5]. Adel uchrashuvdan Skyfall film ssenariysini oldi va uni oʻqib chiqqach, filmning syujetiga „oshiq boʻlib qoldi“ . 21-nomli albomida Adel bilan ishlagan prodyuser Paul Epworth unga bu filmga saundtrek yozishga yordam berish uchun olib kelingan[3][4].

  1. „Lia Vollack: Forging a Bond“. Billboard. 29 November 2012. 10 December 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24 May 2013.
  2. Burlingame, Jon „Adele's brush with Bond“. Variety (2012-yil 12-dekabr). 2013-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-may.
  3. 3,0 3,1 „Adele's Bond theme, Skyfall, tops iTunes chart“. BBC News (2012-yil 5-oktyabr). 2012-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 Thompson, Anne.. „'Skyfall' Director Mendes and Actresses Marlohe and Harris Talk Updating Bond, from Adele to Bardem“. IndieWire. 2013-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-may.
  5. Nissim, Mayer „Daniel Craig: 'I cried when I first heard Adele's Skyfall'“. Digital Spy (2012-yil 24-oktyabr). 2013-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-may.