Kontent qismiga oʻtish

Sitora Dushanbe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sitora Dushanbe
Fayl:Sitora Dushanbe logo.png
Toʻliq nomi Sitora Dushanbe
Asos solingan 1990 (34 yil avval) (1990)
Tugatilgan 1997 (27 yil avval) (1997)
Respublik markaziy stadioni
Sigʻimi 20,000
Liga Tojikiston Oliy ligasi
Oʻrni 7th

Sitora Dushanbe (tojikcha: Dastai Futboli Sitora) – 1990—1997-yillar oraligʻida Tojikiston Oliy kigasida ishtirik etgan, Dushanbe futbol klubi.

„Sitora Dushanbe“ 1990-yilda tashkil etilgan boʻlib[1], 1993 va 1994-yillarda ikki marta Tojikiston ligasida gʻolib chiqqan. 1997-yilgi mavsum oxirida moliyaviy muammolar tufayli Sitora klub sifatida faoliyatini toʻxtatgan.

Klub qisqa, ammo rang-barang tarixga ega boʻlgan. 1992-yilda jamoa Tojikiston mustaqil chempionatining debyut mavsumida ishtiroletgan va 10-oʻrinni egallagan. Biroq, 1993-yilgi mavsum jamoa tarkibiga bir necha tajribali futbolchilar jalb qilinishi natijasida 2 ta sovringa ega boʻlgan. Mavsum davomida Oliy liga turnirida „Pomir“ klubini ortda qoldirib chempionlikni qoʻlga kiritgan va Tojikiston kubogi musoboqasida ham gʻolib boʻlgan.

Sitora jamoasi 1994-yilgi mavsumda ham chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 1995—1996-yillarda jamoa sovrindorlar qatoridan joy olgan. 1997-yil klub faoliyatining soʻnggi yili boʻlib qoldi. Shundan soʻng klub moliyaviy muammolar tufayli Tojikiston Oliy ligasini tark etgan va klub tarqatib yuborilgan.

Mavsum Liga Tojikiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. D M UG OʻG O Ism Liga
1992 Oliy liga 10 20 3 3 14 11 31 12
1993 Oliy liga 1 30 27 1 2 66 22 55 Gʻolib
1994 Oliy liga 1 30 21 5 4 51 17 47
1995 Oliy liga 3 28 17 1 10 57 34 52
1996 Oliy liga 2 30 22 5 3 94 21 71
1997 Oliy liga 7 24 10 7 7 43 38 37

Kontinental tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Musoboqa Bosqich Jamoa Uy Safar Umumiy natija
1994–1995 Klublar oʻrtasida Osiyo chempionati Dastlabki bosqich Oʻzbekiston Neftchi Fargʻona 0–3
Turkmaniston Köpetdag Aşgabat 1–7
Qozogʻiston Ansat Pavlodar 0–4
Qirgʻiziston Alga Bishkek 3–1

Mashhur futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]