Sirkon (raketa)
3M22 „Sirkon“ – „Mashinostroyeniya“ ISB tomonidan ishlab chiqilgan kemaga qarshi gipertovushli raketa[1]. 2023-yil 4-yanvarda foydalanishga topshirilgan[2].
Ushbu raketa P-700 Granit ogʻir kemaga qarshi raketa oʻrnini bosishi rejalashtirilgan[3][4][5]. Taxminlarga koʻra, raketa tashuvchilar 1144 loyihasi boʻlmish TARKR va 949A Antey loyihasi boʻlgan APL yadro suv osti kemalari boʻladi[2].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu raketaning asosiy jihati uning boshqa Rossiya kemalarga qarshi raketalari bilan solishtirganda, shunjngdek, boshqa mamlakatlarning kemaga qarshi raketalariga nisbatan ancha yuqori (М=9[6] gacha) parvoz tezligiga egaligidir (20 fevral kuni xabar qilinganidek, 2019-yilda Rossiya Prezidenti V. V. Putinning Federal Majlisga murojaatida, Rossiyaning eng yangi gipertovushli raketasi „Sirkon“ „1000 km dan ortiq masofada taxminan 9 Max“ tezlikka erisha oladi. „Sirkon“ ham dengiz, ham quruqlik nishonlarini yoʻq qilishi mumkin, shuningdek, yangi raketadan „Kalibr“ raketa tizimlari uchun ishlab chiqarilgan yoki qurilayotgan kemalar va suv osti kemalarida foydalanish koʻzda tutilganligi haqida xabar berilgan[7]).
Raketa 30-40 km balandlikda uchadi. Bu balandlikda havo qarshiligi past hamda bunday parvoz balandligi raketaning uchish masofasi va tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi[8]. Sirkondan fregatlardan tortib samolyot tashuvchilarigacha boʻlgan turli toifadagi dushmanning yer usti kemalari, shuningdek, quruqlikdagi harbiy nishonlarga zarba berish mumkin. Sirkonning tezlik xususiyatlari (taxminan 11 025 km/soat) uni tutib olishni qiyinlashtiradi. THAAD[9], Xets-2 va Xets-3[10], SM-3[11], SM-6[12], GBI[13], PAAMS va SAMP/T(tezligi 4,5 M boʻlgan Aster 30[14] raketasi bilan) kabi zamonaviy raketaga qarshi mudofaa tizimlari yuqori tezlikda uchadigan nishonlarni ushlab olishi mumkin, ammo Sirkonning manevrchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda, bu hodisaning ehtimoli uncha yuqori emas.
Tashqi mediafayllar |
---|
Raketaning birinchi sinovi 2020-yil yanvarida oʻtkazilgan. Barents dengizidan „Admiral Gorshkov“ fregatidan 500 km dan ortiq uzoqlikdagi masofadagi harbiy poligonda joylashgan nishonga qarshi zarba berilgan[15]. Parvozning muvaffaqiyatli omalga oshganini tasdiqlovchi hech qanday video yoki fotosurat taqdim etilmagan.
Texnik xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxminiy ishlash koʻrsatkichlari:
- Uchish masofasi: maʼlumotlar turli manbalarda turlicha boʻlib – taxminan 450 km[16], 600 km[17], 1000 kmdan ortiq ;
- uzunligi: 8-9,5 m (3S14 uchirish moslamasi va undan uchirilgan raketalarning oʻlchamlari asosida (raketa uchirish uchun 3S14 uchirish moslamasini oʻzgartirish talablariga javob bermaydi)) [18] [19] [20] ;
- tezlik: 8 M gacha[21] [16] ;
- Jangovor kallak bilan birgalikdagi ogʻirligi: 300-400 kg.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gipersonik qurollar
- X-90
- 9-A-7660 „Xanjar“
- 3M55 „Oniks“
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Источник: крейсер «Пётр Великий» в ходе модернизации получит гиперзвуковые ракеты“ (ru). ТАСС (2016-yil 19-fevral). — „… kreyser osnastyat desyatyu puskovimi ustanovkami 3S-14, kotorie smogut prinimat raketi „Oniks“, „Kalibr“ i „Tsirkon““. 2016-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 „Путин принял участие в церемонии выхода на службу фрегата Адмирал Горшков с цирконами“ (ru). Российская газета (2023-yil 4-yanvar). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "ngostrov" defined multiple times with different content - ↑ „Противокорабельная ракета «Циркон» разогналась до восьми скоростей звука“ (ru). nnm.me. 2017-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Новейшая ракета РФ не оставит шансов ни одному кораблю – СМИ“. 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.
- ↑ Cooper 2018.
- ↑ „СМИ сообщили подробности испытаний гиперзвуковой ракеты «Циркон»“. Lenta.ru (2017-yil 15-aprel). 2017-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Источник: ракету «Циркон» в конце года запустят с фрегата «Адмирал Горшков»“ (ru). ТАСС (2019-yil 12-mart). 2019-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „В России успешно провели испытания новой гиперзвуковой ракеты «Циркон», не имеющей аналогов в мире“. Первый канал. 2017-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
- ↑ „THAAD“. www.astronautix.com. 2017-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Arrow 2 Theatre Ballistic Missile Defence System, Israel“ (en-US). Army Technology. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ Joan Johnson-Freese. „Why Russia Keeps Moving The Football On European Missile Defense: Politics“ (en-US). Breaking Defense (2013-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ Dave Majumdar. „How the U.S. Navy is Trying to Make China's 'Carrier-Killer' Missiles Obsolete“ (en). The National Interest (2016-yil 16-dekabr). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „MDA - MDA News Releases“. www.mda.mil. 2023-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Google Translate“. web.archive.org (2017-yil 10-may). 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
- ↑ „Фрегаты России станут еще «зубастей». Чем «Адмирал Касатонов» превзошёл другие сторожевики“. 2020-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-iyul.
- ↑ 16,0 16,1 Дмитрий Корнев, Роман Крецул. „Со скоростью гиперзвука: «Циркон» впервые прошёл комплексные испытания“. Известия (2020-yil 7-oktyabr). 2021-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.
- ↑ „Putins Zirkon-Rakete — schneller und tödlicher als erwartet | STERN.de“. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
- ↑ „Комплекс 3К-22 Циркон / Циркон-С, ракета 3М-22 — SS-N-33 | MilitaryRussia. Ru – otechestvennaya voennaya texnika (posle 1945g.)“. militaryrussia.ru. 2017-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-oktyabr.
- ↑ Рафаэль Фахрутдинов. „Новая ракета на новые вызовы“ (ru). Газета.Ru (2017-yil 15-aprel). 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Универсальные пусковые установки серии 3С-14 | Raketnaya texnika“ (ru). rbase.new-factoria.ru. 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Источник: российская ракета «Циркон» достигла на испытаниях восьми скоростей звука“. ТАСС (2017-yil 15-aprel). 2017-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.