Singapur prezidentlik saylovi (2023)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
← 2017   Singapur
Singapur prezidentlik saylovi (2023)
2023-yil 1-sentyabr
Saylovchilarning kelishi: 93.41% (Decrease 1.39pp)[izoh 1]
Nomzod: Tharman Shanmugaratnam Ng Kok Song Tan Kin Lian
Partiya: Partiyasiz Partiyasiz Partiyasiz
Saylovchilar ovozining soni: 1,746,427 390,041 344,292
Ovozlar:
(70.40%)

(15.72%)

(13.88%)

Saylov natijasi: Tharman Shanmugaratnam gʻalaba qozonib, Singapur prezidentligiga saylandi

2023-yil 1-sentabr kuni Singapurda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. Bu Singapur tarixidagi oltinchi prezidentlik saylovi, bir nechta nomzodlar ishtirok etgan uchinchi prezidentlik saylovi boʻldi. 2017-yilda raqiblarsiz saylangan amaldagi prezident Halima Yoqub prezidentlikka qayta nomzod boʻlmadi.

Saylovda partiyasiz pozitsiyada kurashayotgan nomzodlar Tharman Shanmugaratnam, Ng Kok Song va Tan Kin Lian boʻlib, ularning barchasi mustaqil nomzodlar boʻlgan yoki ilgari aʼzo boʻlgan siyosiy partiyalardan isteʼfoga chiqqan. Ularning barchasiga saylovda qatnasha olishi uchun hamjamiyat nomidan muvofiqlik sertifikati (COE) berilgan.

Tharman 70,40% ovoz toʻplab saylovda gʻalaba qozondi. Bundan oldingi prezidentlik saylovlariga nisbtana rekord darajadagi farq kuzatildi. U, shuningdek, prezidentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri saylangan birinchi xitoylik boʻlmagan nomzod ham edi[1]. Boshqa nomzodlar uchun ovozlar ancha kam koʻrinishda boʻlgan. Ng va prezidentlikka ikki karra nomzod Tan mos ravishda 15,72% va 13,88% ovoz toʻplagan. Tharmanning toʻqqizinchi Singapur prezidenti sifatida qasamyod qiladigan inauguratsiya marosimi 14-sentyabr sanasida rejalashtirilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singapur prezidentiSingapur Respublikasining davlat rahbari hisoblanadi. Amaldagi prezident Halima Yoqub 2017-yil 14-sentabrda oʻz lavozimiga kirishgan. U, shuningdek mamlakat tarixidagi ilk ayol prezident hamdir. Singapur prezidenti ijrochi prezidentlar uchun dunyodagi eng yuqori yillik maosh oladi. Ushbu miqdor 1,54 million singapur dollari yoki 1,1 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Prezidentning maoshi vaqti-vaqti bilan White Paper reviewsning asosiy mavzusiga ham aylanadi[3][4].

Muvofiqlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 2011-yilga nisbatan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wong, Tessa. „Tharman Shanmugaratnam: Singapore picks a president who could've been much more“. BBC News (2023-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
  2. Goh, Yan Han. „Singapore Presidential Election 2023: Polling Day on Sept 1, Nomination Day on Aug 22“ (en). The Straits Times (2023-yil 11-avgust). 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
  3. Heong, Sim Kang „Here's How Much Singapore's President And Cabinet Ministers Are Paid In Salary“ (en-US). DollarsAndSense.sg (2023-yil 9-iyun). 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
  4. „What Country Has the Highest Paid Government Leader 2023“. worldpopulationreview.com. 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.