Sindikat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sindikat — bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining oʻzida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.

Sindikat (lot. sindicatus — ishonchli, vakil) — 1) bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi. Mahsulotni yagona savdo tarmogʻi orqali birgalashib sotishni tashkil etish maqsadlarida tuziladi. S. taʼsis etgan umumiy savdo shirkati S.ning har bir aʼzosi bilan savdosotiq toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Banklar ham S. tashkil etishlari mumkin. Bank Si aʼzolari guruhning har qanday aʼzosi chiqargan qimmatli qogʻozlarni sotib oladi; 2) investitsiya dilerlari guruhi; investorlar oʻrtasida tarqatish uchun qimmatli qogʻozlarning navbatdagi yoki yangi emissiyasini sotib olishga rozilik bildirganlaridan keyin S. tuzilgan hisoblanadi.

Shuningdek qarang[tahrir]