Sinan posho masjidi (Qohira)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sinan posho masjidi (Qohira)
مسجد سنان باشا
Joylashuvi 30°03′44″N 31°13′46″E / 30.062109°N 31.229399°E / 30.062109; 31.229399 G OKoordinatalari: 30°03′44″N 31°13′46″E / 30.062109°N 31.229399°E / 30.062109; 31.229399 G O
Manzil Buloq, Qohira, Misr
Minoralar soni 1
Holati amalda
taxminan 1800-yilgi eskiz

Sinan posho masjidi (arabcha: مسجد سنان باشا) – Qohiraning Buloq tumanidagi masjid. Taxminan 1571-yilda Qohira hokimi Koja Sinan posho tomonidan tashkil etilgan.

Masjid avvaliga Nil qirgʻogʻida yaqinida qurilgan. Keyinchalik gʻarbroqqa koʻchirilgan[1]. Masjid arxitekturasida Mamluk va Usmonli arxitekturasi xususiyatlari oʻzida mujassamlashgan. Masjidning janubiy burchagida qalam shaklidagi minorasi bor. Uchta kirish eshigi muqarnas bilan bezatilgan[1]. Shimoli-sharqiy tomonida yogʻoch dikka bor. Masjid bir vaqtlar uchta karvonsaroy joylashgan majmuaning bir qismi boʻlgan[2]. Uning hammomi hozirgacha mavjud[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Behrens-Abouseif, Doris. Islamic architecture in Cairo : an introduction. Cairo: American University in Cairo Press, 1989 — 161-162 bet. ISBN 9781417523146. 
  • Parker, Richard B.; Sabin, Robin; Williams, Caroline. Islamic monuments in Cairo, 3, Cairo: American University in Cairo Press, 1985 — 277–278 bet. ISBN 977-424-036-7. 
  • Swelim, M. Tarek. {{{title}}}, 1993.