Kontent qismiga oʻtish

Simsonbrunnen

Sanson sherni oʻldirmoqda.

Simsonbrunnen yoki Samson favvorasi — Shveytsariyaning Bern shahrining Eski shahar qismida Kramgasse ustida bunyod etilgan favvora. Bu Shveytsariyaning milliy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy obyektlaridan biri hisoblanadi[1], shuningdek, Bernning eski shahri YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Favvora haqidagi voqea Injilning 14:5-20 oyatida yozilgan. Haykal Samsonning sherni oʻldirishi haqidagi Bibliyadagi hikoyani aks ettiradi. Hikoyaga koʻra, Samson isroillik bepusht er-xotinda tugʻilgan, ona va bolasi (Samson) har qanday spirtli ichimliklardan voz kechishi va Samsonning hech qachon sochini qirmaslik yoki kesmaslik sharti bilan tugʻilgan. Samson shunday sharoitda yashashga koʻnikishi uchun unga katta kuch, sabr beriladi. Yoshligida u filistlik ayolni sevib qoladi va unga uylanishga qaror qiladi. Bu vaqtda Filistlar isroilliklar ustidan hukmronlik qilishgan va Samsonning turmush qurish haqidagi qarori uning oilasini katta tashvish tushirib qoʻydi. U ularning tashvishlarini nooʻrin ekanligini isbotlaydi va sevgilisiga uylanish uchun sayohatga chiqadi. Yoʻlda unga sher hujum qiladi va oʻzining ajoyib kuchi bilan Simson sherni oʻldiradi. Keyinroq, u sherning tanasida asalarilar uya yasaganliklarini koʻradi. U bu voqeani topishmoqning asosi sifatida tushunadi va agar savol javobi topilmasa, bu Filistlarga hujum qilish va muvaffaqiyatsiz isyonni boshlashiga sabab boʻlishini anglaydi.

1544-yilda Hans Gieng tomonidan qurilgan favvora Solothurndagi Simsonbrunnen zamonidan keyin modellashtirilgan[2].

  1. „Kantonsliste A-Objekte:Bern“ (German). KGS Inventar. Federal Office of Civil Protection (2009). 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyul.
  2. Flüeler. Kulturführer Schweiz. Zurich, CH: Ex Libris Verlag AG, 1982 72–73-bet. 
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 2022-yil 23-sentyabr (2022-09-23) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

46°56′53″N 7°27′01″E / 46.947932°N 7.450406°E / 46.947932; 7.450406 (Simsonbrunnen)