Vennerbrunnen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vennerbrunnen.

Vennerbrunnen (Banner tashuvchisi yoki Veksillum favvorasi) — Shveytsariyadagi Bern shahrining Eski shahar qismidagi Rathausplatzda bunyod etilgan tarixiy favvora. Bu favvora Shveytsariyaning milliy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy obyektlaridan biri hisoblanadi[1], shuningdek, Bernning eski shahar hududi YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vennerbrunnen favvorasi eski shahar hokimiyati yaʼni Rathaus binosi oldida bunyod etilgan. Haykalda tasvirlangan Venner — oʻrta asrlarda Shveytsariyaning kuchli ahamiyatga ega harbiy-siyosiy unvoni boʻlgan. Bu lavozim egasi shaharning ma'lum bir qismining tinchligi va mudofaasi uchun mas’ul shaxs hisoblangan, keyinchalik esa jang vaqtida shu qismdan keltirilgan qoʻshinlarga boshchilik qilgan. Bernda Venner juda kuchli mavqega ega unvon hisoblanar edi hamda shahar hokimiyatchiligida va boshqaruvda asosiy rol oʻynagan. Har bir Venner gildiyaga alohida saralanib olingan va boshqa lavozimga koʻtarilishda ayni gildiyadan tanlangan. Venner Schultheiß yoki Lord Mayor unvonlari orasida tanlangan ikkita lavozimdan biri hisoblangan. 1542-yilda qurilgan haykalda Venner oʻziga tegishli boʻlgan hududning qizil-sariq yoʻl-yoʻlli qora ayiq tasviri tushirilgan bayrogʻini tutgan holda tasvirlangan. Shuningdek, Venner temir-zirhli harbiy yurish kiyimida, koʻk va qizil yoʻlli gedri kiygan holatda hamda qurol-yaroqlar bilan tasvirlangan. U oʻng qoʻlida bayroqni, chap qoʻlida esa qinidan chiqarilmagan qilich dastasidan tutgan tarzda yasalgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kantonsliste A-Objekte:Bern“ (German). KGS Inventar. Federal Office of Civil Protection (2009). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyul.
  2. Flüeler. Kulturführer Schweiz. Zurich, CH: Ex Libris Verlag AG, 1982 — 72–73 bet. 

Koordinatalari: 46°56′54″N 7°27′09″E / 46.948418°N 7.45239°E / 46.948418; 7.45239 (Vennerbrunnen) G O