Siklamen
Qiyofa
Siklamen, alp fialkasi (Cyclamen) — navroʻzguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; ekma gul. Oʻrta dengiz va Gʻarbiy Osiyoda 15 turi, Qrim va Kavkazda 8 turi maʼlum. Madaniy holda eng koʻp tarqalgani fors siklameni. Boʻyi 40—50 sm, barglari koʻp, barg bandi uzun. Oktyabr—martda gullaydi, gullari yirik, gul shoxida gullaydi, rangi oq, pushti, binafsha, qizil.
Chetdan changlanadi. Urugʻidan urugʻlari iyul—avgustda ekiladi, 20-25 kunda unib chiqadi. Koʻchatlari 2—3 marta yashiklarga koʻchirib oʻtkaziladi, bahorda tuvaklarga ekiladi, Manzarali oʻsimlik sifatida xonadonlarda oʻstiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |