Kontent qismiga oʻtish

Shunsuke Nakamura

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shunsuke Nakamura
中村 俊輔
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shunsuke Nakamura
Tavallud sanasi 1978-yil 24-iyun (1978-06-24) (47 yosh)
Tavallud joyi Kanagawa, Yaponiya
Boʻyi 1.78 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Yaponiya (yordamchi murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—1993 Yokohama F. Marinos
1994—1996 Andoza:Interlanguage link
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—2002 Yokohama F. Marinos 148 (33)
2002—2005 Reggina 81 (11)
2005—2009 Celtic 128 (29)
2009—2010 Espanyol 13 (0)
2010—2017 Yokohama F. Marinos 190 (35)
2017—2019 Júbilo Iwata 48 (5)
2019—2022 Yokohama FC 38 (1)
Total 646 (115)
Milliy terma jamoa
1997 Yaponiya U-20 5 (1)
2000 Yaponiya U-23 4 (0)
2000—2010 Yaponiya 98 (24)
Boshqargan klublari
2023—2026 Yokohama FC
2026— Yaponiya (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shunsuke Nakamura[2] (yaponcha: 中村 俊輔; 1978-yil 24-iyunda tugʻilgan) — yaponiyalik sobiq professional futbolchi. Hozir Yaponiya milliy terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. U 2000 va 2013-yillarda ikki marta J.Liganing eng qimmat futbolchisi deb topilgan yagona shaxsdir[3]. Yaponiyaning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Nakamura oʻzining jarima zarbalari bilan mashhur boʻlgan; Steve Perryman bir paytlar Nakamura „chap oyogʻi bilan konserva bankasini ham ocha oladi“ deb taʼkidlagan edi[4].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoadagi ilk debyutini 2000-yili 13-fevral Singapur terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 98 ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.[5] 2006-yilgi va 2010-yilgi Jahon chempionati musobaqalari ishtirokchisi hisoblanadi.

[5]

Yaponiya terma jamoasi
YillarIsht.Gol
2000163
200110
200262
200384
2004153
2005113
200661
2007104
200892
2009112
201050
Jami9824
  1. „Shunsuke Nakamura“. Celtic F.C.. 2008-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-aprel.
  2. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Japan“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „11/12/2013 Marinos midfielder Nakamura named J. League MVP“. Japanese Football Association.
  4. „Shunsuke Nakamura: Japan star player at World Cup 2010“. The Telegraph (2009-yil 20-noyabr).
  5. 1 2 Japan National Football Team Database