Shuhrat Sharafutdinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuhrat Sharafutdinov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-fevral 1965-yil (1965-02-05) (59 yosh)
Bagʻdod tumani, Fargʻona viloyati,

Shuhrat Xursanovich Sharafutdinov(1965-yil 5-fevralda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida tavallud topgan) — oʻzbek siyosiy va davlat arbobi.IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (2020—2025).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Xursanovich Sharafutdinov 1965-yil 5-fevralda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida tavallud topgan[1].Shuhrat Sharafiddinov muhandis-texnolog boʻyicha oʻqishni tamomlagan[2].Shuhrat Sharafutdinov OʻzLiDeP fraktsiyasi aʼzosi.

Shuhrat Sharafutdinov mehnat faoliyatini 1989-yil Fargʻona viloyati suv xoʻjaligi boshqarmasi suvdan kompleks foydalanish bo‘limi katta muhandisi lavozimidan boshlagan.19922003-yillarda — Farg‘ona viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Qo‘qon tumanlararo qo‘mitasining birinchi toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan. 20032006-yillarda — Farg‘ona viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi va 2006—2008-yillarda Qo‘qon shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i va 20142015-yillarda — O‘zbekistondagi Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiyaning Ilmiy axborot markazi rahbarida faoliyat olib borgam. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining uni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i boʻlgan. Shuhrat Sharafutdinov O‘zbekistondagi Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiyaning Ilmiy axborot markazi rahbari. 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi IV chaqiriq 100-Beshariq saylov okrugidan deputati etib saylangan. Shuhrat Sharafutdinov Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo‘mitasi aʼzosi[3]. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasida Malayziya parlamenti Vakillar palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Moldova Respublikasi Parlamenti guruhi bilan hamkorlik guruhida faoliyat olib boradi[2][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]