Kontent qismiga oʻtish

Shuhrat Abduxalimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shuhrat Abduxalimov
Tavalludi 17-may 1977-yil (1977-05-17) (48 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti (bakalavr)
Toshkent davlat yuridik instituti (magistr)
Kasbi yurist
Partiyasi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi
Unvoni 3-darajali adliya maslahatchisi

Shuhrat Abduhalimov (1977-yil 17-may, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbek siyosatchisi, huquqshunos[1].

Abduhalimov Shuhrat 1977-yil 17-mayda OʻzSSR, Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2002-yilda Samarqand davlat universitetini bakalavr darajasida tugatgan. Keyin, 2006-yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi – yurist, uchinchi darajali adliya maslahatchisi. 2006-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida etakchi maslahatchi sifatida ish boshladi. Keyinchalik, 2012-yildan 2014-yilgacha u dastlab Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining etakchi maslahatchisi, keyin bosh maslahatchisi, soʻngra boʻlim boshligʻi boʻlgan. Keyinchalik, 2014—2017-yillarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2017—2018-yillarda u Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari sifatida ish boshladi. 2018-yildan hozirgi kungacha Shuhrat Abduhalimovich Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda[2].

  1. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  2. arxiv nusxasi, 2021-04-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-21