Shoxi-Zinda ansambli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shohi-Zinda Majmuasiga Kirish PortaliBinolar majmuasi
Joylashuv Samarqand
Turi Islom
Meʼmoriy uslubi O'rta Osiyo va islom me'morchiligi
Qurila boshlagan XV asr ikkinchi yarmi
Xarita
Koordinatalari 39°39′42″N 66°59′16″E / 39.66167°N 66.98778°E / 39.66167; 66.98778 G OKoordinatalari: 39°39′42″N 66°59′16″E / 39.66167°N 66.98778°E / 39.66167; 66.98778 G O

Shohizinda nekropolining kirish qismi monumenti - Samarqanddagi Shohizinda nekropol maqbaralari ansambliga kiraverishda joylashgan bir qator meʼmoriy yodgorliklarga quyidagilar kiradi: monumental kirish, darvozaxona, qishki masjid, yozgi masjid va XIX asr boshidagi Davlat qo'shbegi madrasasi. Bibixonim masjididan uncha uzoq boʻlmagan joyda Samarqandning meʼmoriy yodgorliklaridan biri – moviy qabrlardan iborat Shohizinda majmuasi joylashgan. Ushbu monumentda turli davrlarga oid maqbaralar o‘rta asr tor ko‘chasi bo‘ylab joylashgan. Shohizinda XIV-XV asrlarda birin-ketin qurilgan oʻn bitta maqbaradan iborat.

Umumiy ko'rinishi


Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shohizinda nekropoli deyarli ming yillik - XI-XIX asrlarda shakllangan. Qurilishning asosiy bosqichlari qoraxoniylar (XI-XII asrlar) va temuriylar (XIV-XV asrlar) davriga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ansamblda Movarounnahrning butun me’morchilik maktabi o‘z ifodasini topgan. Noyob qadimiy qabrlar ansambli (1370-1449) Afrosiyob aholi punkti yaqinida joylashgan. Uni ko'cha-qabriston deb ham atashadi. XI-XV asrlarga oid masjid va maqbaralarning vayronaga aylangan binolari ikki tarafga g'aroyib tarzda cho'zilgan bo'lib, ularning ko'k gumbazlari uzoqlarga ip bo'lib cho'zilgan holda yuqoridan nafis bo'yinbog'dek ko'rinadi.

Shohizinda nekropolining tashqaridan ko'rinishi

Shohizinda - podshohlar va zodagonlar dafn etilgan joy. Ammo nekropol boshlanadigan asosiy maqbara Muhammad payg'ambarning amakivachchalari - Qusam ibn Abbosning xayoliy qabridir. Uni “Shohi Zinda” deb atashgan, bu forscha “tirik podshoh” degan ma’noni anglatadi. U bu hududda islom dinini targ‘ib qilgan va keyinchalik bu majmua xalq tomonidan ziyoratgoh sifatida e’zozlangan muhim ziyoratgohga aylangan. Rivoyatlarga ko‘ra, Qusam ibn Abbos 640-yilda Samarqandga xutba bilan kelgan va u yerda 13 yil yashab, namoz vaqtida zardushtiylar tomonidan qatl qilingan.

Ichki hovlisi


XV asrning 30-yillarida Ulug‘bek o‘zining kichik o‘g‘li Abdulaziz topshirig‘iga ko‘ra “Shohizinda” ansamblining asosiy kirish jabhasi bo‘lgan monumental kirish guruhini me’moriy loyihalashtirgan. Ulug‘bek tashabbusi bilan qurilgan monumental kirish an’anaviy “U” shakliga ega bo‘lib, kiraverishda kamar bilan o‘ralgan belbog'i bor. Kirish ustunlari va kirish arklari XV asrga xos gʻishtli mozaikalar bilan qoplangan. Ustunlardagi uchta vertikal dekorativ panellar sayqallangan va sirlangan ko'k va ko'k kafel g'ishtlardan yasalgan geometrik gilam naqshlari bilan to'ldirilgan. Kirish qolip devorining perimetri bo'ylab epigrafik bezak mavjud, kirish ravogʻining tepasida oʻyilgan va naqshli mozaikadan yasalgan timpan, tepasida tarixiy yozuv va qurilgan sanasi (1434/1435) tasvirlangan mozaik lenta joylashgan.

Shohizinda nekropolining maqbaralari ketma ketligi

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shohizinda Samarqanddagi yagona arxeologik va meʼmoriy yodgorlik boʻlib, unda Afrosiyobning quyi madaniy qatlamlari bilan birga shaharning deyarli butun koʻp asrlik tarixi oʻz aksini topgan. Pastki, eng so‘nggi binolar guruhi Ulug‘bek davrida qurilgan XV asrning birinchi yarmida mahobatli darvozalar orqali kirish yo'li sifatida tashkil etilgan. Darvozal to‘rt ravoqli darvazaxonaga olib boradi. G'arbdan unga XV asrda bir necha marta qayta qurilgan masjid, sharqdan - xizmat ko'rsatish xususiyatiga ega binolar (arxeologik jihatdan o'rganilmagan) bilan tutashgan. Darvozaxonning shimoliy arki kichik hovliga olib boradi, o'ng tomonda XIX asr boshlarida qurilgan Davlat qo'shbegi kichik madrasasi, chap tomonda o'sha davrdagi yog'och yozgi masjidning ayvonlari joylashgan. XX asrning 50-yillarida arxeologik ishlar olib borilgunga qadar darvozaxonali darvoza turli davrlarda qurilgan boshqa binolardan ajratilgan holda joylashgan deb taxmin qilingan. Qazishmalar natijasida aniqlanishicha, kirish guruhining barcha binolari (portal, darvozaxona va qishki masjid) bir vaqtda qurilgan.

Masjid va portalning poydevori bir xil darajadagi to'rtburchak plitkali g'ishtdan (25-26 x 25-26 x 5 sm) eritmasida yotqizilgan.

Qusam ibn Abbosning maqbarasi ko'plab diniy yoki ma'naviy turizm tarafdorlari uchun Samarqandga tashrif buyurishining asosiy sabablaridandir, chunki o'rta asrlarda "Tirik podshoh" qabrini ziyorat qilish Makkaga haj qilish bilan tenglashtirilgan. Afsonaga ko'ra, avliyoning qabrida paydo bo'lgan buloq shifobaxsh kuchga ega.

Darvozaxona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Darvozaning kirish eshigi o‘n ikki qirrali nafis gumbaz bilan qoplangan keng darvozaxonaga ochiladi. 1947-yilda ta'mirlash paytida interyerning ko'p qatlamli qadimiy loyli ishlanmalari olib tashlanib o'riga qaytadan qoplamalar o'rnatilgan.

Shohizinda nekropolining ichkari devoridagi naqshlari


Darvozaxonaning devorlari XV asrga xos koʻk rangda stilize qilingan gulli ganch suvoq bilan qoplangan, deb taxmin qilish mumkin.

Qishki masjid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta uzunlamasi uch qismli (15 x 7,5 m) markaziy gumbazli arklar, gumbaz ostidagi qismida qalqonsimon yirik yelkanlar va yon bo'limlarda tonozlardan iborat. Mehrob masjidning g‘arbiy uchida joylashgan. Kiraverishdan 30-40 m uzoqlikda joylashgan mehrob o'z davriga xos naqshlar bilan bezatilgan.

Masjidning ichki qismi ganch bilan ishlangan, devor bo'ylab ikki qavatli tahvonlar mavjud. Tashqi devorlar hech qanday bezak belgilarisiz hom g'isht bilan terilgan holatida qoldirilgan. Tepadagi qishki masjid yuqoridagi inshootlarbilan solishtirilganda keyinchalik qayta qurilgan bo'lishi mumkin.

Yozgi masjid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustunlar ustidagi ayvon ko'rinishidagi minora masjidi chap tomondan kiraverishda joylashgan bo'lib, XIX asr boshlarida qurilgan. Shift va frizlarni 1910-yilda samarqandlik rassomlar - Usta Siddiq, Usta Abd al-Zohid va Usta Mahmudlar bezashgan. Devorlari XIX-XX asrlar samarqandlik ustalarining anʼanaviy uslubida oʻyilgan ganch (mahalliy ganch turi) bilan bezatilgan. Ustalar ishlagan naqshlarning hozirgacha saqlanib qolganligi bu davr mutaxasislarining ishi sifatililigiga isbot bo'la oladi.

Epigrafiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta ark ustunlaridagi asl yozuvga ko‘ra: “Ushbu mahobatli binoga Amir Temur o‘g‘li Shohruh o‘g‘li Abdulaziz Bahodir hijriy 838-yilda asos solgan”. Darvoza 1434-1435 yillarda qurilgan. Hozirgi vaqtda asl yozuv deyarli yo'qolib ketgan va avvalgi nashrlardan quyida tiklangan. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti nomidan (2007) Shohi-Zinda yodgorlik majmuasiga kirish eshiklari tepasida “Basmala” arab harflari bilan o'yib yozilgan.

Darvoza perimetri bo'ylab va timpanum (kitaba) ustidagi qisman tiklangan yozuv suls va kufiy yozuvlarida yozilgan bo'lib, u Qur'ondan parchadir (3:169)

“Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan! Allohning yo'lida qatl bo'ganlarni o'liklar deb hisoblamanglar. Balki, ular- tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar»[1].

Tepasida Allohga odatiy hamdlar yozilgan: "Allohga hamd bo'lsin", "Maqtov Allohgadir", "Alloh buyukdir".

Oʻng tomonda, darvozaxonga kiraverishda, xonaqoh binosiga olib boruvchi kirish eshigi tepasida Buxoro hukmdori Shohmurod (1785-1800) nomiga marmar plita oʻrnatilgan.Bu hukumdor "Ma'sum" laqabi bilan mashhur bo'lgan - "Eng pok" yoki "Taxtdagi darvesh" kabi nomlar bilan ham aytishgan.

Bino devorlarida, ravoqlarida, jabhalarida keltirilgan matnlar Oliy Zotga murojaat va iltijo shaklida yozilgan:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amakilarining o‘g‘li (qabriga) kirmasdan oldin.

Mendek kishi hargiz tug'ilmaydi!

Men olamondan ajratilganman.

Bas, rahm qil, menga to'g'ri yo'lni ko'rsat!

Men gunohkorman, lekin umidim Sendan,

Qiyomat kunida g'azabingdan saqla!

Agar mening ayblarimni va gunohlarimni yashirgin,

Allohim, qiyomat kunida sening saxovating va rahmating cheksizdir!

Va men Sening qullik qilsam ham, doimiy xatokor bandaman

Umid qilamanki, qiyomatda rahmatingdan benasib qolmayman!

Menga o'z rahmatingni darig' tutma,

Menga jannatdan joy ber!

Va mening ismim Amir Masum (Gunohsiz amir),

Unda jannatni bo'lajak turar joyim qil!»[1].

Arxiv fotosuratlariga qaraganda, bu plita avvallari (XIX asr oxirigacha) Xo'ja Ahmad ad-Daylamiy qabri eshigi ustiga oʻrnatilgan va keyinchalik bu yerga koʻchirilgan. Ba'zi nashrlarga ko'ra, kirish joyining o'ng tomonida so'fiy xonaqoni, ya'ni so'fiylik marosimlari (radeniya/zikr) uchun zal bo'lgan. Bu yerda payshanba kunlari zikr qilingan. Mahalliy aholining ko'pchiligi bu yerga doimiy kelib turishgan.

Darvozadan kiraverishda yozgi masjid ayvonining tomidagi frizda nastaliq dastxati bilan bitilgan bag‘ishlov misralari bor:

“Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Allohning elchisidir.

Bu baland masjid bahorda qurilgan,

Alloh taoloning bandalari va ulug‘ zotlari uchun sajdagoh sifatida.

Bu Rasulullohning amakisining o‘g‘lining eng pokiza qabristonidir.

Adan bog'larining ramziga aylantirildi, xayrixohlik joyi

Allohim, rahmatingning bir qatori

Bu masjid quruvchilarning boshlarini dush qiling

Mehring ummonini to'ldirgin

Gunohlarimni mag‘firat et, ey mag‘firatli zot!

Va biz sizning noloyiq qullaringiz bo'lsak ham,

Kechayu kunduz gunoh qilganlar, lekin ularni kechirgin!

Lekin men Sening saxiyligingga ishonaman,

Sening mehring cheksiz, chunki sen ko'p kechirasiz.

Shunday qilib, tanam uchun kuchli kiyim tiking,

U bilan gunohlarimni berkiting, ey gunohlarni berkituvchi!

Donishmand sizga qurilish yilining xronogrammasini aytib beradi:

Ayting: “Umid maskani, ey mag‘firatli zot.

Usta Siddiq ijodi. Hijriy 1328-yilda (1910-1911)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Бабаджанов Б., Рустамов У. Эпиграфика комплекса «Шахи-Зинда» (тексты, переводы). Самарканд, 2015.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nemtseva N. B. Shohi-Zinda ansambli: tarix - arxeologiya - XI-XV asrlar me'morchiligi. Samarqand, 2019 yil.
  • Babajonov B., Rustamov U. “Shohi-Zinda” majmuasi epigrafiyasi (matnlar, tarjimalar). Samarqand, 2015 yil.
  • Aleskerov Yu. N., Umnyakov I. I. Samarqand : Qisqacha ma’lumotnoma – Toshkent, O‘zbekiston SSR Davlat nashriyoti, 1956 y.
  • Malikov A. M. Samarqand tarixi (qadim zamonlardan XIV asr oʻrtalarigacha). jild 1. Toshkent: Paradigma, 2017.