Shopify
![]() |
Shopify ― bu onlayn va chakana savdo doʻkonlari uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi internet kompaniyasidir. Bosh qarorgohi Ottavada, Kanadada joylashgan.
Shopify 2004-yilda snoubordlar uchun taxtalar sotadigan onlayn-doʻkon yaratmoqchi boʻlgan bir guruh hamfikrlar tomonidan tashkil etilgan.
Kompaniya dastlab Jaded Pixel Technologies Inc, 2011-yildan esa Shopify Inc nomi bilan yuritilgan[1].
Kompaniya 2016-yil natijalarini sarhisob qilib, 377 500 mijozi va doʻkonlaridagi savdo tufayli 29 milliard dollarlik daromadga ega boʻlganligi haqida xabar berdi (Shopify yaratilganidan buyon)[2][3].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2004-yilda Tobias Lyutke, Daniel Vaynland va Skott Leyk SnowDevil nomli onlayn snoubord doʻkonini yaratishga qaror qilishdi. Ularda onlayn doʻkon yaratish uchun tayyor yechimning yoʻqligi oʻz dasturiy taʼminotlarini ishlab chiqish gʻoyasini keltirib chiqardi.
Ruby on Rails platformasi bu gʻoyani rivojlantirish vositasi boʻlib xizmat qildi. 2 oy ichida SnowDevil doʻkonining ilk koʻrinishi[4] yaratildi. 2006-yilda Shopify onlayn-doʻkonini shakllantirish platformasi ishga tushirildi.
2009-yil iyun oyida Shopify Shopify App Store ilovalar doʻkonini ishga tushirdi. Uning dasturchilari Shopify[5] ga yangi funksiyalarni qoʻshib borishlari mumkin.
2014-yil boshida yangi loyiha — Shopify Plus ishga tushirildi. Ushbu loyiha doʻkonlarga bir soniyada 4 million murojaatni koʻrib chiqish, shuningdek, soniyasiga 10 minggacham boʻlgan xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi.[6] Shopify Plusning taniqli mijozlari: Vikipediya, Tesla, Google, Citizen, Mozilla[7][8].
2014-yilning oʻrtalarida Pinterest bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi[9]. Shopifyga — Pinterest yangi savdo kanali qoʻshildi. Pinterest-da eʼlon joylashtirilganida mahsulot fotosuratlarida uning narxi va qolgan tovar haqidagi maʼlumotlar aks etishi mumkin. Kanalni ulash uchun Pinterest biznes accauntini roʻyxatdan oʻtkazish kerak.
Shopify 2015-yilning 14-aprelida Nyu-York fond birjasi (SHOP) va Toronto fond birjasida (SH) listingni eʼlon qildi. 131 million dollar mablagʻga ega boʻlgan kompaniya 2015-yilning 21-mayida, ommaviy kompaniya sifatida yuritila boshlandi[10].
Fulfillment by Amazon 2015-yil sentabr oyida Amazon.com Amazon Webstore xizmatining yopilishini eʼlon qiladi va Shopify platformasini Amazon uchun savdo vositasi sifatida tavsiya qiladi[11]. Doʻkon sozlamalarida yangi Amazon savdo kanali paydo boʻldi U Amazon Pro hisob qaydnomasini roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng faollashtiriladi. Mahsulotni saqlash va buyurtmalarni bajarish xizmati integratsiyasi Fulfillment by Amazon qoʻshildi[12].[13]
2015-yil sentabr oyida Shopify yangi savdo kanali, Facebook doʻkonini eʼlon qiladi. Tovarlarni bu ijtimoiy tarmoqqa oʻtkazish tovar Facebook[14] tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab 24 soat ichida amalga oshiriladi.
2019-yil yanvar holatiga koʻra, provinsiya va boshqa hududiy hukumatlar orqali Kanada boʻylab onlayn nasha savdosi faol boʻlgan va bu oʻz navbatida Shopify foydalanuvchilari sonida ham aks etgan boʻlishi mumkin[15].
2019-yil mart oyi holatiga koʻra, Shopify dunyodagi mashur noyob saytlar roʻyxatida aks etib, elektron tijorat platformasi bilan ikkinchi oʻrinni egallagan.
Shopify barcha daromadlarining 20 foizini ilovalarini sotishdan oladi. Kompaniya, shuningdek, yangi mijozlarni jalb qilishda yordam bergan hamkorlar va ishlab chiquvchilarni moddiy ragʻbatlantirib boradi. Shunday qilib, 2018-yilda ishlab chiquvchilarga 100 million dollardan koʻproq pul toʻlangan[16].
Rossiyada Shopify[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-yilda Shopify rus tilida sahifa ochadi[17]. 2017 yilda rus tilida Shopify texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati Wayback Machine saytida arxivlandi (20-iyun 2021-yil). paydo boʻladi.
Shopify siyosiy vaziyat tufayli 2022-yilda Rossiya va Belarus foydalanuvchilarini tarmoqdan uzib qoʻyishi haqida bayonot berdi.
Toʻlovlarni qabul qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Xuddi shu yili Shopify PayPal-ni kredit kartalari orqali rublda toʻlovlarni qabul qilish uchun ulaydi.
- 2015-yil oxirida yana 1 ta toʻlov shlyuzi -Yandex: Kassir Wayback Machine saytida arxivlandi (11-noyabr 2020-yil). ulanadi[18]. Shopifyning Yandex orqali mablagʻ aylanmasi: Wayback Machine saytida arxivlandi (11-noyabr 2020-yil). 1 million dollarga yetguniga qadar, Yandex toʻlov shlyuzini Shopifyga qoʻlda ulashga toʻgʻri keladi[19] [ norasmiy manba ] .
- Shuningdek, toʻlovlarni B2CPL toʻlov agenti orqali qabul qilish va FZ-54 qonuni[20] [ norasmiy manba? ] .
- 2019-yilda Shopifyga Tinkoff toʻlov shlyuzi bilan integratsiyasi[21][22] va CloudPayments[23] ga ega.[24][25] и CloudPayments[26].
Yetkazib berish xizmatlari
- 2018-yilda SDEK yetkazib berish xizmati bilan integratsiya amalga oshirildi[27]
- 2019-yilda Rossiya pochtasi va EMS xizmatlari[28], Axiomus va BoxBerry[29], City Express[30] bilan integratsiya qoʻshildi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Bradbury, Danny (04 2008) (английский). Hands-off business a reality (The Financial Post nashri). "21"
- ↑ Kolodny, Lora (2 2010) (английский). Shopify, a start-Up, Starts Its Own Business Competition (Kolodny, Lora nashri). "2"
- ↑ Katie Keita (02 2017) (английский). Shopify Announces Fourth-Quarter and Full Year 2016 Financial Results (Shopify nashri). https://investors.shopify.com/Investor-News-Details/2017/Shopify-Announces-Fourth-Quarter-and-Full-Year-2016-Financial-Results/default.aspx. "15"
- ↑ Donnelly, Jim (5 2010) (англ). Fastest Growing Companies (Ottawa Business Journal nashri). "3"
- ↑ Duncan, Katherine. „How Shopify Became the Go-To Ecommerce Platform for Startups“. Entrepreneur.com (12-mart 2012-yil).
- ↑ Darrell Etherington (02 2014) (англ). Shopify Launches Shopify Plus, A New White Glove E-Commerce Solution For Big Brands (TechCrunch nashri). https://techcrunch.com/2014/02/05/shopify-launches-shopify-plus-a-new-white-label-e-commerce-solution-for-big-brands/. "05"
- ↑ „Характеристики Shopify Plus“.
- ↑ „Клиенты Shopify Plus“.
- ↑ Dayna Winter. „Pinterest Rich Pins Now Automatically Enabled for Shopify Merchants“. Shopify Blogs (17-jul 2014-yil).
- ↑ „Tech IPO Scorecard: Shopify Skyrockets 51%, While Baozun Rises A Slimmer 4.6%“.
- ↑ „Shares in Shopify Jump 23% Following Integration with Amazon“ (deadlink). 18-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-aprel 2017-yil.
- ↑ Casandra, Campbell (01 2017) (английский). How to Sell on Amazon Using Shopify (Shopify Blogs nashri). https://www.shopify.com/blog/how-to-sell-on-amazon-using-shopify. "1"
- ↑ „Fulfillment by Amazon“. Shopify Help Center.
- ↑ Satish Kanwar (09 2015) (английский). Shopify Introduces the Shop Section on Facebook Pages (Shopify Blogs nashri). https://www.shopify.com/blog/52697733-shopify-introduces-the-shop-section-on-facebook-pages. "16"
- ↑ The Star“ (inglizcha). thestar.com. Qaraldi: 17-aprel 2019-yil.
- ↑ Natalie Gagliordi. „How Shopify uses its developer ecosystem to fuel international expansion“ (inglizcha). ZDNet. Qaraldi: 17-aprel 2019-yil.
- ↑ „Официальная страница Shopify на русском языке“. 3-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ Ирина Телицына (07 2015) (русский). «У нас нет проблем в России»: что будет с PayPal после отделения от eBay (forbes.ru nashri). http://www.forbes.ru/kompanii/internet-telekom-i-media/295369-u-nas-net-problem-v-rossii-chto-budet-s-paypal-posle-otdele. "29"
- ↑ „Прием платежей Shopify — Яндекс.Касса“ (deadlink). 4-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2017-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (4-aprel 2017-yil).
- ↑ tarasinsky. „Подключение платежного шлюза Яндекс:Касса к магазину Shopify“. trademinister.ru. 6-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ „Интеграция Shopify и платежного агента B2CPL для приема платежей по картам и оформления онлайн-чека“ (ruscha). trademinister.ru. 10-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-dekabr 2017-yil.
- ↑ tarasinsky. „Проведена интеграция Shopify с платежным шлюзом Сбербанка“. trademinister.ru. trademinister.ru. 24-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ „Интеграция Shopify с платежным шлюзом Тинькофф“. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ „ROBOKASSA. Описание интерфейсов“. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ „Интеграция Shopify с платежным шлюзом Робокасса“. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ „Платежный шлюз CloudPayments.ru для Shopify“. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ „Интеграция Shopify и службы доставки СДЭК“. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ „Почта России и ЕМС для Shopify“. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ „Интеграция Shopify и службы доставки БоксБерри и Аксиомус“. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
- ↑ „Интеграция Shopify и службы доставки City Express“. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.