Shomurotovlar uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shomurotovlar uy muzeyi
Umumiy maʼlumot
Turi Muzey
Manzili N. Sarayeva koʻchasi, 29-uy
Shahar Nukus
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 42°28′04″N 59°36′41″E / 42.46769278450141°N 59.611355142359265°E / 42.46769278450141; 59.611355142359265 G OKoordinatalari: 42°28′04″N 59°36′41″E / 42.46769278450141°N 59.611355142359265°E / 42.46769278450141; 59.611355142359265 G O
Qurilishi tugagan 1999-yil
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Binoning ichki maydoni 12 sotix
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Tuybaldiev Sultamurat
Map
Avesto meʼmoriy majmuasi xaritada

Shomurotovlar uy-muzeyi — 1999-yil (baʼzi manbalarda 1998-yil)da Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida ochilgan uy-muzey. Amet va Oyimxon Shomuratovalarning xususiy uy-muzeyi sifatida ochilgan muzeyda ularning faoliyatiga bilan bogʻliq qimmatli eksponatlar saqlanadi. Uy-muzeyga Amet va Oyimxon Shomurotovalarning qizi Oyimgul Shomurotova rahbarlik qilib keladi[1][2].

Ochilish tarixi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda Oyimxon Shomuratova vafot etganidan keyin uning farzandlar uy-muzey ochishga qaror qilishgan. Qoraqolpogʻiston Avtonom Respublikasi hukumati rahbarlaridan biri boʻlgan Ubbiniyaz Ashirbekov tomonidan 12 sotix yer uy-muzey qurilishi uchun ajratilgan. Qurilish ishlariga Shomurotovlarning kuyovi Tuybaldiev Sultamurat rahbarlik qilgan. Shomurutovning uy-muzeyi qurilishida Sultamurat Taubaldievning mehnatini aks etgan alohida hujjatli film ham suratga olingan va „Taqdir sinovlari“ nomli asar ham yozilgan. Asar 2012-yili Toshkentda nashr etilgan[3].

Xususiy uy-muzeyi 1999-yili ochilgan boʻlib, Amet Shomurotov (19121953) — shoir, yozuvchi va dramaturg edi. Rafiqasi Oyimxon Shomuratova (19171993) xalq artisti unvonini olgan va Qoraqalpogʻiston tarixida teatr sahnasiga chiqqan birinchi ayol sanʼatkorlardan biri boʻlgan. Bu shaxslar XX asr qoraqalpoq madaniyatining rivojida muhim oʻrin tutishadi.

Muzey kolleksiyasida juftlikning shaxsiy buyumlari, jumladan: fotosuratlar, sahna liboslari, kitoblari, qoʻlyozmalar va ularning faoliyatiga oid buyumlar saqlanadi. Muzeyda mashhur rassomlar: Madgazin, Matevosyan, Berdimuratovlar va boshqalarning asarlari ham mavjud boʻlib, bundan tashqari qoraqalpogʻistonlik mashhur yozuvchilari, sanʼatkor va davlat arboblarining fotohujjatlari ham saqlanadi. Shuningdek, muzeyda Oyimxon Shomuratova tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlarni tinglash imkoniyati ham yoʻlga qoʻyilgan.

2019-yilda Shomurotovlar uy-muzeyi ochilganligining 20 yilligi keng nishonlangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]