Shoira Otabekova
Shoira Otabekova | |
|---|---|
| Tavalludi |
1980-yil 18-noyabr |
| Janrlar | Pop |
| Faoliyat yillari | 1998–hozirgacha |
| Fuqaroligi |
|
Shoira Otabekova (1980-yil 18-noyabrda tugʻilgan) oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasidir. Qoʻshiqchi sifatidagi ilk debyutini 1998-yil „Muhabbat qasri“ qoʻshigʻi bilan boshlagan. Keyinchalik esa „Dilim uzra“, „Alamli“ va „Yurak“ qoʻshiqlarini aytgan. Otabekova Kvartet guruhi bilan hamkorlikda ijro etgan „Digi-digi“ qoʻshigʻi bilan shuhrat qozongan.
Hozir Otabekovaning 70 dan oshiq qoʻshiqlari mavjud boʻlib, 25 ga yaqin shu qoʻshiqlarga klip ham olingan[manba kerak]. U, shuningdek, „Dilim uzra“, „Seni sogʻindim“, „Leyli“, „Bir oʻzing“, „O yurak“ va „Mening baxtim“ albomlarini ham chiqargan.
Katta sahnaga chiqishiga Ruslan Sharipov sababchi boʻlgan[1].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Film | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2005 | Yangi yil parisi | ||
| 2018 | Muhabbat va nafrat | Jasurning opasi |
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoira Otabekova „Tarona 2004“ da Abduvali Rajabov bilan ijro etgan dueti uchun „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan. „Tarona 2005“ da esa „Estradamiz umidi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |