Abduvali Rajabov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abduvali Rajabov
Abduvali Orifjonovich Rajabov
Tavalludi 1982-yil 22-iyun.
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi bastakor, musiqachi
Boʻyi 175 sm
Bolalari 2 nafar
Otasi Orifjon Rajabov
Onasi Gavhar Rajabova
Mukofotlari

Abduvali Rajabov (1982-yil 22-iyun, Sirdaryo shahri, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik xonanda va bastakor, Nihol mukofoti sovrindori. „Bevafo yor“, „Sensiz“, „Bir juft yurak“, „Visoling olis“ nomli albomlari orqali ommaga mashhur boʻlishga erishgan[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xonanda 1982-yil 22-iyulda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo shahrida tavallud topgan. Oilada yettita farzandning oltinchisi 2000-yil Toshkent estrada va sirk kollejiga oʻqishga qabul qilingan. 2007-yilda oila qurgan, hozirda 2 nafar farzandi bor. (Asadbek va Otabek). Nihol mukofoti sovrindori[2]. Sanjar Shodiyev rejissorligi ostida suratga olingan Seni oʻzim boy qilaman filmida ham rol oʻynashga ulgurgan[3]. Yosh boʻlishiga qaramasdan Abduvali Rajabov TARONA taqdimotida ketma-ket bir nechta nominatsiyalarni qoʻlga kiritgan. Jumladan Tarona-2003da „Yil yangiligi“ nominatsiyasida, Tarona-2004da „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasida hamda Tarona-2005da „Yilning eng zoʻr erkak xonandasi“ nominatsiyalarida gʻolib deb topilgan. Hit qoʻshiqlari: „Yomgʻirlar[sayt ishlamaydi]“ va „Bevafo yor[sayt ishlamaydi]“ qoʻshiqlaridir[4].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduvali Rajabov tomonidan yaratilgan qoʻshiqlar oʻz vaqtida eng xit taronalar roʻyxatida eng yuqori oʻrinlarda turib kelgan. Uning xit musiqalar diskografiyasi mana bunday koʻrinishdadir: „Dunyo (mp3)“, „Chaki-Chaki“, „Onam“, „Onajon“, „Arazlamang“, „Yor yor“, „Salom“, „Nafasim oʻzing“, „Shikasta“, „Sen uchun“, „Hayot (feat Sardor Rahmatxoʻjayev)“, „Seni eslasam (feat Shoira Otabekova“, „Yuragim (mp3)“, „Yomgʻirlar (slow)“, „Yoningda“, „Sensiz“, „Ne kerak (mp3)“, „Oʻynasin“.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Abduvali Rajabov haqida ma'lumotlar“. Savol-javob.com. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  2. „Qoʻshiqlarimiz oʻzidan-oʻzi hit boʻlib ketardi - Abduvali Rajabov“. Xabardor.uz. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  3. „“Seni o`zim boy qilaman”: Abduvali Rajabovning kinoda ushalgan orzusi“. © Darakchi 2019. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  4. „Abduvali rajabov haqida“. Muz.uz. Qaraldi: 25-may 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduvali Rajobovning eng xit qoʻshiqlari roʻyxati