Shohista Turgʻunova
Shohista Turgʻunova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1978-yil 14-noyabr (43 yosh) Namangan viloyati, O‘zbekiston SSR |
Fuqaroligi |
![]() |
Siyosiy partiyasi | O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Taʼlim | Namangan muhandislik pedagogika instituti |
Kasbi | O‘qituvchi |
Shohista Muhammadjonovna Turgʻunova (oʻzbekcha: Shohista Muhammadjonovna Turg'unova; 1978-yil 14-noyabr, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosatchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shohista 1978-yil 14-noyabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Deputatlikka saylangunga qadar Chortoq tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelgan[1].
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV-chaqiriq Qonunchilik palatasiga saylangan va innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo‘mitasi tarkibiga kirgan[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „СПИСОК кандидатов в депутаты Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан, выдвинутых от избирательных округов“. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi. 4-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 5-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-oktabr 2021-yil.