Istiqlol jallodlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Istiqlol jallodlari“
Muallif(lar) Mustafo Choʻqay
Muharrir(lar) N. Qilichev
Bezovchi(lar) A. Vasixanov
Jasurbek Hasanov
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Tirilish
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1992
2022
Sahifalar soni 90

Istiqlol jallodlari“ (asl nomi: 1917-yil xotira parchalari) — Mustafo Choʻqay tomonidan yozilgan xotiralar toʻplami. Xotiralar toʻplami „Yosh Turkiston“ gazetasining 13-sonida nashr etilgan. Asarga kirish qismini uni nashrga tayyorlagan Begali Qosimov yozib bergan[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar 1917-yilga oid xotiralarga asoslanib yozilgan. Asarda 1917-yil yuz bergan siyosiy jarayonlar, shuningdek, Mustafo Choʻqayning Rossiya davlat dumasining musulmon fraksioni qoshidagi Turkiston vakili boʻlib faoliyat yuritgan davri voqealari yoritilgan[3].

Asar Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligidan keyin ilk bor 1992-yilda nashr etilgan. Ilk nashridan 30 yil oʻtib, 2022-yilda „Tirilish“ nashriyoti yana qayta nashrga tayyorlangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Istiqlol jallodlari“. 2024-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-fevral.
  2. „Mustafo Cho‘qay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari & Ozod Sharafiddinov. Mustafo Cho’qayev. | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 21-fevral.
  3. Mustafo Cho'qayning "Istiqlol jallodlari" ("1917-yil. Xotira parchalari") (inglizcha), qaraldi: 2024-02-21
  4. uz, Kun „“Istiqlol jallodlari” – Turkiston ozodligining zavoli haqida asar“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 21-fevral.